Özbekistonda musiqa öqituvçilariga 20 foizgaça ustama tölanadi

eʼlon qilindi
5 foizdan 20 foizgaça ustama beriladi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Özbekistondagi umumta’lim maktablarining musiqa fani öqituvçilariga öquvçilarning çolğu asboblarini ijro etiş mahoratiga qarab har oy 5 foizdan 20 foizgaça ustama beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 11-noyabrdagi qarorida belgilangan.

Hujjat bilan umumiy örta ta’lim muassasalari xodimlarini rağbatlantiriş uçun taşkil etiladigan direktor jamğarmasi mablağlaridan foydalaniş tartibiga özgartiriş kiritildi.

Ustama miqdori qanday belgilanadi

Yangi tartibga köra, musiqa öqituvçilarining bazaviy tarif stavkasiga quyidagi miqdorlarda ustama qöşiladi:

  • 95 – 100 ball — 20 foiz;
  • 90 – 94 ball — 18 foiz;
  • 85 – 89 ball — 16 foiz;
  • 80 – 84 ball — 14 foiz;
  • 75 – 79 ball — 12 foiz;
  • 70 – 74 ball — 10 foiz;
  • 65 – 69 ball — 8 foiz;
  • 60 – 64 ball — 5 foiz.

Agar öquvçilar 60 balldan past natija qayd etsa, öqituvçiga ustama tölanmaydi.

Öquvçilar qanday baholanadi

Öquvçilarning çolğu ijroçiligi mahorati maxsus komissiya tomonidan imtihon orqali baholanadi. Baholaş 100 ballik tizim asosida amalga oşiriladi.

Ballar quyidagi mezonlar böyiça taqsimlanadi:

  • texnik ijro mahorati – 30 ball;
  • ritmga rioya qiliş – 20 ball;
  • badiiy ifoda va musiqiy talqin – 20 ball;
  • intonatsiya va sozlaş – 15 ball;
  • sahna madaniyati –10 ball;
  • asarni yoddan ijro etiş va tayyorgarlik – 5 ball.

Öqituvçiga beriladigan ustama uning öquvçilari töplagan ballarning örtaça arifmetik körsatkiçi asosida aniqlanadi. Ustama ta’lim muassasasi direktorining buyruği bilan direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan tayinlanadi. Tölov keyingi oyning iş haqi bilan bir vaqtda amalga oşiriladi.

Baholaş natijasidan norozi bölgan öqituvçilar esa beş iş kuni içida apellyatsiya şikoyati beriş huquqiga ega. Qaror 12-noyabrdan kuçga kirgan.

Avvalroq Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş, 2030-yilgaça esa kamida 10 ta mahalliy oliygohni xalqaro reytinglarning Top – 1000 taligiga kiritiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek