XVJ Özbekistondagi iqtisodiy ösiş xavflarini baholadi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
XVJ vakili jahon bozorida oltin narxlarining yuqoriligi Özbekiston iqtisodiyotiga ta’sir körsatayotganiga ham e’tibor qaratdi
Foto: Skorweziak/Depositphotos

Özbekistonda içki talabning yuqoriligi iqtisodiyotning haddan taşqari qizib ketiş xavfiga e’tibor qaratişni talab qilmoqda. Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlaş uçun budjet xarajatlarini nazorat qiliş va qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettiriş zarur. Bu haqda Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ)ning Özbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze 13-noyabr kuni Markaziy bankda jurnalistlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, sönggi beş-olti yil davomida Özbekiston iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda ösmoqda. Bunga içki talabning kuçliligi va izçil amalga oşirilayotgan tarkibiy islohotlar yordam bermoqda. Biroq jadal iqtisodiy ösiş muayyan xavflarni ham yuzaga keltiradi.

«Içki talabning yuqoriligi iqtisodiyotning haddan taşqari qizib ketiş xavfini doimiy nazorat qiliş va tegişli makroiqtisodiy siyosat yuritişni talab etadi», – dedi Gvenetadze.

Oltin narxining oşişi budjetga qanday ta’sir qiladi?

XVJ vakili jahon bozorida oltin narxlarining yuqoriligi Özbekiston iqtisodiyotiga ta’sir körsatayotganiga ham e’tibor qaratdi. Oltin narxining oşişi mamlakatga qöşimça daromad keltirmoqda. Biroq budjetga rejalaştirilganidan köp mablağ tuşişi davlat xarajatlarini oşirişga undaşi mumkin.

Gvenetadzening tuşuntirişiça, bunday vaziyatda iqtisodiy ösiş davrida davlat xarajatlarini yanada köpaytirişni nazarda tutuvçi protsiklik budjet siyosati xavfi yuzaga keladi. Şu sababli qöşimça xarajatlarni nazorat ostida uşlab turiş muhim.

Foto: Vadim Yerzikov / Kursiv Uzbekistan

Şu munosabat bilan XVJ Özbekiston rasmiylari bilan xomashyo daromadlarini hisobga olmagan holda budjet taqçilligini tahlil qiliş imkoniyatini muhokama qilgan. Bunday yondaşuv oltindan tuşadigan daromadlar ta’sirini ajratib körsatiş va Davlat budjeti ularga qanşalik boğliqligini aniqlaş imkonini beradi.

XVJning 2026-yil iyunidagi hisobotiga köra, 2025-yilda Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan budjeti taqçilligi YAIMning 2,1% ini taşkil etgan. 2026-yil uçun esa budjet taqçilligining yuqori çegarasi 3% etib belgilangan.

Gvenetadze XVJ Özbekistonga qöşimça daromadlarni boşqariş uçun alohida suveren jamğarma yoki barqarorlaştiriş jamğarmasini taşkil etişni tavsiya qilmaganini ham bildirdi.

Budjet va pul-kredit siyosati qanday olib borilişi kerak?

Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlaşning yana bir muhim şarti sifatida Gvenetadze Markaziy bank tomonidan yetarli darajada qat’iy pul-kredit siyosatini yuritişni körsatdi.

Uning fikriça, regulyator qarorlari faqat iqtisodiy prognoz va modellarga emas, balki amaldagi körsatkiçlarga ham asoslanişi kerak. Çunki iqtisodiy modellar har doim ham amaliyotda kutilgan natijani bermaydi.

XVJ vakili budjet va pul-kredit siyosati inflyatsion bosimni jilovlaş uçun özaro muvofiq holda olib borilişi lozimligini ta’kidladi.

Iqtisodiy ösişda xususiy sektorning roli

Özbekiston iqtisodiyoti kelgusi yillarda qanday sur’atlarda ösişi maqsadga muvofiqligi haqidagi savolga javoban Gvenetadze asosiy e’tiborni YAIM ösişining muayyan körsatkiçiga erişişga emas, balki uzoq muddatli barqaror ösişni ta’minlaşga qaratiş kerakligini aytdi.

«Iqtisodiy ösiş barqaror va uzoq muddatli bölişi, tobora köproq samaradorlikning oşişiga tayanişi muhimroq. Bu iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvçi kuçi davlat emas, balki xususiy sektor bölişi kerakligini anglatadi», – dedi u.

Gvenetadzening fikriça, mehnat unumdorligini oşiriş Özbekistonning iqtisodiy ösiş salohiyatini kengaytiradi va aholisi yoş hamda soni ortib borayotgan mamlakatda yangi iş örinlari yaratilişiga xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida özgarişsiz qoldirgani haqida xabar bergan edi. Regulyator bu qarorni içki talabning yuqoriligi va inflyatsion xavflar saqlanib qolayotgani bilan izohlagan. Şuningdek, 2026-yilda Özbekiston iqtisodiyoti 8% atrofida ösişi prognoz qilingan.

Shuningdek