Kun xabarlari. Retseptsiz dorilar savdosidagi özgariş va Abbosbek Fayzullayevning murojaati

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 14-noyabr kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.
Foto: Kollaj / Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 14-noyabr kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

2027-yilgi Davlat budjeti loyihasi: xarajatlar 464 trln sömni taşkil etadi

Foto: president.uz

Özbekistonning 2027-yilgi Davlat budjeti daromadlari 416 trln söm, xarajatlari esa 464 trln söm miqdorida belgilanişi kutilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan yiğilişda kelgusi yilgi budjetning maqsadli körsatkiçlari körib çiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil yakunida mamlakat iqtisodiyoti 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot (YIM) hajmi $200 mlrd va aholi jon boşiga daromad $5,2 mingdan oşişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 2027-yilda YaIM hajmini $232 mlrd miqdoriga yetkaziş hamda iqtisodiy ösişni kamida 7 foiz darajasida ta’minlaş prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasini kelgusi yilda 6 foizdan oşirmaslik va umumiy fiskal taqçillikni YaIMga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş rejalaştirilgan.

AQŞda aloqa tizimidagi nosozlik sababli parvozlar vaqtinça töxtatildi

Foto: Habr

AQŞ aviatsiya regulyatorlari dispetçerlik aloqa tizimidagi muammolar sababli mamlakatning barça aeroportlaridan parvozlarga örnatilgan tört soatlik taqiqni bekor qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

FlightRadar24 ma’lumotlariga köra, taqiq davrida 4 700 ta reys bekor qilingan va yana 10 000 tasi keçiktirilgan. AQŞ transport vaziri Şon Daffi parvozlar barça hududiy havo harakatini boşqariş markazlariga ta’sir körsatgan aloqa muammolari sababli töxtatilganini ma’lum qildi. CBS xabariga köra, uzilişlar AQŞdagi dispetçerlik uzellarini boğlovçi xususiy aloqa tarmoğini yangilaş jarayonida yuzaga kelgan.

Özbekistonda 9 oyda 25,5 trln sömlik içimliklar işlab çiqarildi

Foto: NUR.KZ / Vladimir Tretyakov

Özbekistonda 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 25,5 trln sömlik içimliklar işlab çiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida Toşkent şahri içimliklar işlab çiqariş böyiça mutlaq yetakçi bölib, bu yerda 14,9 trln sömlik mahsulot tayyorlangan. Undan keyingi örinlarni Toşkent (4,1 trln söm), Xorazm (1,9 trln söm) hamda Samarqand (1,6 trln söm) viloyatlari egallagan. Şuningdek, Namangan viloyatida jami 1,4 trln sömlik içimliklar işlab çiqarilişi ta’minlangan.

Abbosbek Fayzullayev «SSKA» muxlislariga murojaat qildi

Foto: Instagram / @abbos.fs

Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning «SSKA» klubi iştirokidagi barça öyinlarni kuzatib borayotganini va jamoa joriy yilda çempion bölişiga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda Çempionat naşri xabar berdi.

Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvida özbekistonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uçraşuvdan söng sobiq «armiyaçilar» a’zosi bölgan Fayzullayev «SSKA» muxlislariga öz minnatdorçiligini bildirib ötdi.

Özbekiston kabellari Ukrainada çeklovlarsiz sotiladi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2026-yil 3-noyabr kuni Ukrainaning Xalqaro savdo böyiça idoralararo komissiyasi Özbekiston kabel-sim mahsulotlariga nisbatan antidemping tekşiruvini çeklov çoralarini joriy etmasdan yakunlaş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.

2025-yil may oyida boşlangan mazkur tekşiruv Özbekiston, Ozarbayjon va Turkiyada işlab çiqarilgan mahsulotlarni qamrab olgan edi. Jarayon davomida 31,5 foizlik demping marjasi aniqlanganiga qaramay, vazirlik tomonidan olib borilgan işlar hamda Ukraina tomoni bilan özaro hamkorlik natijasida antidemping bojlari qöllanilmadi.

Özbekistonda dori vositalarini retseptsiz toifaga kiritiş mezonlari yangilandi

Foto: Pexels.com

Özbekistonda dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan toifalarga ajratiş tartibini belgilovçi nizomga muhim özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tahrirdagi hujjatga köra, dorilarni retseptsiz beriladigan toifaga kiritişda bir qator omillar hisobga olinadi. Bular qatoriga dorining tibbiyot xodimi nazoratisiz xavfsiz qöllanişi, notöğri işlatiş yoki qaramlik keltirib çiqariş xavfining pastligi kiradi. Şuningdek, dori yöriqnomasining iste’molçi uçun tuşunarli bölişi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti e’tirof etgan idoralar xulosasi talab qilinadi.

Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qölga kiritdi

Foto: Özbekiston dzyudo federatsiyasi

Özbekiston dzyudo terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova Xorvatiyada ötkazilayotgan Zagreb Gran-prisida -52 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor böldi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.

Dzyudo böyiça «Parij – 2024» Olimpiadasi çempioni Diyora Keldiyorova musobaqada özining ğalabali yurişini yarim finalgaça davom ettirdi. Biroq final yöllanmasi uçun keçgan bahsda vengriyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi.

AQŞda tanker kruiz kemasiga urilişi oqibatida 32 kişi şifoxonaga yotqizildi

Foto: Reuters / Çristiana Botic

AQŞning Yangi Orlean şahrida Missisipi daryosi qirğoğida turgan «American Heritage» kruiz kemasiga «Atlantic Asphalt» tankeri kelib urildi. Oqibatda kruiz kemasi ağdarilib ketgan, şuningdek, 32 kişi şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Yangi Orlean meri Yelena Morenoning ta’kidlaşiça, hodisa vaqtida kemada taxminan 180 – 190 nafar yölovçi va ekipaj a’zosi bölgan. Suvga tuşib ketgan barça odamlar qutqaruvçilar va atrofdagilar yordamida quruqlikka olib çiqilgan. Şifoxonaga yotqizilgan 32 kişining holati barqaror bölib, heç birida oğir jarohatlar qayd etilmagan. Mer qurbonlar bölmaganini ta’kidlab, buni «Missisipidagi möjiza», – deb atadi.

Surxondaryoda dvigatelga yaşirilgan giyohvandlik moddalari musodara qilindi

Foto: Ekran tasviri

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» çegara bojxona postida Afğoniston fuqarosidan avtomobil dvigateli porşeniga yaşirilgan giyohvandlik moddalari topildi. Uşbu amaliyot DXX, bojxona va içki işlar organlari hamkorligida ötkazildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Mamlakatga kiriş uçun «Ayritom» çegara postiga kelgan 1966-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosining «Toyota» avtomobili tekşiruvdan ötkazilgan. Yukxonadagi dvigatel porşeni ehtiyot qismlari içiga yaşirilgan qariyb 400 gramm «opiy» moddasi aniqlangan.

Shuningdek