2027-yilgi Davlat budjeti loyihasi: xarajatlar 464 trln sömni taşkil etadi

Özbekistonning 2027-yilgi Davlat budjeti daromadlari 416 trln söm, xarajatlari esa 464 trln söm miqdorida belgilanişi kutilmoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan yiğilişda kelgusi yilgi budjetning maqsadli körsatkiçlari körib çiqildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Makroiqtisodiy prognozlar va maqsadlar
Joriy yil yakunida mamlakat iqtisodiyoti 8 foizga ösişi, yalpi içki mahsulot (YaIM) hajmi $200 mlrd va aholi jon boşiga daromad $5,2 mingdan oşişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 2027-yilda YaIM hajmini $232 mlrd miqdoriga yetkaziş hamda iqtisodiy ösişni kamida 7 foiz darajasida ta’minlaş prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasini kelgusi yilda 6 foizdan oşirmaslik va umumiy fiskal taqçillikni YIMga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş rejalaştirilgan.

Ijtimoiy soha va infratuzilma xarajatlari
Budjetning ijtimoiy yönaltirilganligi saqlab qolinib, ta’lim sohasiga 114,3 trln söm, tibbiyotga esa 61,4 trln söm yönaltiriladi. Hududlar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligini oşiriş va ijtimoiy himoyani kuçaytiriş maqsadlariga yana 70 trln söm ajratilişi belgilandi. Bu mablağlar «Inson qadri uçun» tamoyili asosida aholi farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Investitsiya va eksport rejalari

Iqtisodiy ösişning yangi modeli doirasida har bir istiqbolli tarmoqqa yirik xalqaro kompaniyalarni jalb qiliş közda tutilgan. Xususan, mutasaddilarga 2027-yilda $65 mlrd xorijiy investitsiya jalb etiş böyiça aniq rejalar işlab çiqiş topşirildi. Şuningdek, barqaror taraqqiyotni ta’minlaş maqsadida oltinsiz eksport hajmini qariyb $40 mlrd körsatkiçiga yetkaziş közda tutilmoqda.
Avvalroq Kursiv naşri Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekistondagi iqtisodiy ösiş xavflarini baholagani haqida xabar bergan edi.