AQŞ qizamiqni bartaraf etgan davlat maqomini yöqotdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kasallik holatlari ikki baravardan köp oşdi
AQŞ qizamiqni bartaraf etgan davlat maqomini yöqotdi
Foto: Axios

AQŞ qizamiq kasalligini bartaraf etgan davlat maqomini yöqotdi. Bunga mamlakatda bir xil virus zanjiri 12 oydan ortiq uzluksiz tarqalib kelayotgani sabab bölgan. Qaror Panamerika soğliqni saqlaş taşkiloti doirasidagi mustaqil ekspert komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

CDC ma’lumotiga köra, 2026-yil 12-noyabr holatiga AQŞda 5 412 ta tasdiqlangan qizamiq holati qayd etilgan. Bu sönggi 35 yildagi eng yuqori körsatkiçlardan biri hisoblanadi.

«Bartaraf etilgan» maqomi nimani anglatadi

Qizamiqning bartaraf etilgani mamlakatda kasallik umuman uçramaydi degani emas. Bu bir xil virus zanjiri mamlakat içida 12 oy yoki undan köp vaqt davomida uzluksiz tarqalmayotganini anglatadi.

PAHO mezonlariga köra, bir xil qizamiq virusi 12 oydan ortiq davomli ravişda aylanib yursa, kasallikning endemik tarqalişi qayta tiklangan deb baholanadi.

AQŞdagi epidemiologik vaziyat 2025-yil yanvarida boşlangan yirik epidemiyalardan söng maxsus nazoratga olingan edi. PAHO AQŞ maqomini 2026-yil noyabridagi yillik yiğilişda qayta körib çiqişini oldindan ma’lum qilgan edi.

Kasallik holatlari ikki baravardan köp oşdi

Axios ma’lumotiga köra, 2025-yil davomida AQŞda 2 289 ta qizamiq holati qayd etilgan. 2026-yilda esa bu körsatkiç 5,4 mingdan oşdi.

Bundan yuqori natija oxirgi marta 1991-yilda kuzatilgan, öşanda mamlakatda 9 643 ta qizamiq holati aniqlangan edi.

Yirik epidemiyalar Pensilvaniya, Texas, Yuta – Arizona çegarasi va boşqa hududlarda qayd etildi. Pensilvaniyaning özida 1,5 mingdan ortiq holatlar va qizamiq bilan boğliq oltita ölim qayd etilgani aytilmoqda.

Kasallanganlarning aksariyati emlanmagan

Soğliqni saqlaş mutaxassislariga köra, qizamiq holatlarining katta qismi emlanmagan odamlar orasida qayd etilmoqda.

Jamoaviy immunitetni saqlaş uçun qizamiqqa qarşi emlaş darajasi 95 foizdan yuqori bölişi kerak. Ayrim hududlarda emlaş körsatkiçlarining pasayişi kasallikning yana keng tarqalişiga şaroit yaratmoqda.

CDC hisob-kitobiga köra, qizamiqqa çalingan emlanmagan bemorlarning taxminan har beş nafaridan biri kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik immun tizimiga uzoq muddatli ta’sir körsatib, organizmning boşqa infeksiyalarga qarşi himoyasini ham zaiflaştirişi mumkin.

AQŞ maqomini qayta tiklay olişi mumkin

Qizamiqni bartaraf etgan davlat maqomini yöqotiş doimiy qaror emas.

PAHO qoidalariga köra, AQŞ maqomini qayta oliş uçun endemik tarqalişni kamida 12 oyga töxtatişi, korreksion çoralar rejasini taqdim etişi hamda emlaş, epidemiologik nazorat va kasallikka javob beriş tizimini kuçaytirişi kerak.

Kanada ham 2025-yilda qizamiqni bartaraf etgan davlat maqomini yöqotgan edi. Buyuk Britaniya ham sönggi davrda xuddi şunday maqomdan mahrum bölgani haqida xabar berilgan.

Avvalroq «Kursiv» AQŞ Ukrainaga Donbass evaziga NATO variantini kötarib çiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek