Özbekistondagi xorijiy korxonalarning 62 foizi Toşkent şahrida faoliyat yuritmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toşkent viloyati ikkinçi örinda
Özbekistondagi xorijiy korxonalarning 62 foizi Toşkent şahrida faoliyat yuritmoqda
Foto: depositphotos

2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekistonda xorijiy investitsiyalar iştirokidagi 22 029 ta korxona va taşkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Ularning eng katta qismi Toşkent şahriga töğri keladi – poytaxtda 13 736 ta xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Bu respublika böyiça jami körsatkiçning qariyb 62 foiziga teng.

Toşkent viloyati ikkinçi örinda

Hududlar kesimida ikkinçi eng yuqori körsatkiç Toşkent viloyatida qayd etilgan. Bu yerda 3 079 ta xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxona faoliyat olib bormoqda.

Keyingi örinlarda Samarqand viloyati 792 ta, Farğona viloyati 710 ta va Surxondaryo viloyati 671 ta korxona bilan qayd etilgan.

Andijon viloyatida bunday korxonalar soni 544 ta, Buxoro viloyatida esa 461 tani taşkil qilgan.

Eng kam korxonalar Qaşqadaryoda

Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalar iştirokidagi 367 ta, Navoiy viloyatida 342 ta, Namangan viloyatida esa 337 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Jizzax viloyatida mazkur körsatkiç 290 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 278 ta, Xorazm viloyatida 223 tani taşkil qilgan.

Eng past körsatkiç Qaşqadaryo viloyatida qayd etilgan – hududda xorijiy investitsiyalar iştirokidagi 199 ta korxona va taşkilot faoliyat yuritmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Özbekistonda 9 oyda 25,5 trln sömlik içimliklar işlab çiqarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek