2027-yildan importda QQS tölaşning yangi tartibi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 516 turi QQSdan ozod qilindi
Foto: Getty Images

2027-yil 1-yanvardan ayrim tadbirkorlar import qilinayotgan tovarlar uçun qöşilgan qiymat soliğini soliq organlaridagi ortiqça tölovlari hisobidan qoplaşi mumkin böladi. Yangi tartib 2026-yil 31-oktabrda Adliya vazirligida 3966-son bilan röyxatdan ötkazilgan.

QQSni ortiqça tölovlar hisobidan özaro hisobga oliş imkoniyati yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi ma’muriyatidagi korxonalarga beriladi.

Şuningdek, işlab çiqariş ehtiyojlari uçun xomaşyo va butlovçi qismlar import qiluvçi elektrotexnika sanoati korxonalari ham uşbu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

Bundan taşqari, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida «BBB» va undan yuqori toifaga ega tadbirkorlar ham yangi tartibga kiritilgan. Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50% va undan yuqori bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno.

Xavf darajasi past va QQS tölovçisi guvohnomasi amalda bölgan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari ham mazkur imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

QQS qanday hisobga olinadi

Tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini topşirayotganda import uçun QQSni soliq organidagi ortiqça tölovi hisobidan qoplaş istagini bildiradi.

Buning uçun deklaratsiyaning 47-grafasidagi «TU» ustunida «VZ» kodi körsatiladi. Şundan söng Bojxona qömitasi tizimi orqali Soliq qömitasiga sörov yuboriladi. Soliq organi tadbirkorning şaxsiy hisobvarağida yetarli ortiqça tölov bor-yöqligini real vaqt rejimida avtomatik tekşiradi.

Tasdiqlangan summa böyiça Bojxona va Soliq qömitalari örtasida özaro hisobga oliş dalolatnomasi elektron tarzda şakllantiriladi.

Qaysi hollarda imkoniyat berilmaydi

Agar soliq tölovçining soliq qarzi yoki soliq xavfi böyiça summalari mavjud bölsa, şuningdek, unga nisbatan soliq nazorati tadbirlari ötkazilayotgan bölsa, QQSni ortiqça tölovlar hisobidan qoplaş imkoniyati qöllanmaydi.

Biroq soliq qarzi mavjud bölgan taqdirda, qarz summasi çegirilgaç, ortiqça tölovning qolgan qismi hisobga olinişi mumkin.

Yangi mexanizm import operatsiyalarida QQS tölovlarini soddalaştiriş hamda bojxona va soliq organlari örtasidagi elektron hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq JSTga a’zolikdan söng telefonlar uçun boj 0% bölişi ma’lum qilingandi. Bojxona qömitasi vakilining aytişiça, JSTga a’zo böliş yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda Özbekiston boşqa davlatlar bilan tovarlar uçun boj stavkalarini kelişmoqda. Mobil qurilmalar böyiça import boji 0% miqdorida kelişilgan.

Shuningdek