Andijondagi qadimiy yodgorlik hududida beton ğişt sexi qurilgani aniqlandi

16-noyabr 2026 13:27 eʼlon qilindi

(17-noyabr 2026 01:13 yangilandi)
Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: archaeology.uz/Andijon viloyatidagi Dalvarzin yodgorligi

Özbekistonda 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi. Ayrim tarixiy obyektlar hududida uy-joy, ekin maydonlari va hatto işlab çiqariş sexlari qurilgan. Bu haqda Boş prokuratura ma’lum qildi. Tekşiruvlar prokuratura organlari va Madaniy meros agentligi hamkorligida ötkazilgan.

Qadimiy Dalvarzinda beton ğişt sexi qurilgan

Andijon viloyatidagi miloddan avvalgi XII – VII asrlarga oid «Dalvarzin» yodgorligi hududida mevali boğ, ekin maydoni va beton ğişt ishlab çiqariş sexi taşkil etilgani aniqlangan. Buning oqibatida yodgorlikka juda köp miqdorda zarar yetkazilgan.

Samarqand viloyatidagi «Talliğulontepa» yodgorligining 195 kub metr qismi esa oğir texnika yordamida buzib taşlangan.

48 ta yodgorlik hududida noqonuniy qurilişlar aniqlangan

Tekşiruv davomida respublika böyiça 48 ta yodgorlikning muhofaza hududida turli qurilişlar, jumladan, uy-joy va hojatxonalar barpo etilgani aniqlangan. Jumladan, Şahrisabzdagi «Sariqtepa» yodgorligi muhofaza hududida 3 ta uy-joy özboşimçalik bilan qurilgan.

Örganiş natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatildi, 68 ta taqdimnoma kiritildi. Şuningdek, 20 nafar mansabdor şaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yodgorliklarga qariyb 300 ta muhofaza belgisi örnatilgan. Boş prokuratura arxeologiya yodgorliklariga zarar yetkazganlik uçun qonunçilikda 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilganini eslatdi.

Avvalroq Surxondaryodan 3,5 ming yillik qabriston topilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek