Asakada Damas poyezd bilan töqnaşdi

eʼlon qilindi
Töqnaşuv oqibatida Damas va poyezdga moddiy zarar yetgan
Foto: Andijon viloyati IIB JXX YHXB matbuot xizmati

Andijon viloyatining Asaka tumanida Damas haydovçisi temir yöl kesişmasidagi yöl belgisi talabiga rioya qilmagani oqibatida poyezd bilan töqnaşdi. Hodisada heç kim jarohatlanmagan. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 16-noyabr kuni soat 08:20 atrofida Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Toştepa» MFY hududidan ötuvçi Toştepa köçasidagi temir yöl kesişmasida YTH sodir bölgan.

Damas poyezd bilan töqnaşgan

Dastlabki ma’lumotlarga köra, 1995-yilda tuğilgan V.J. boşqaruvidagi Damas temir yöl kesişmasidagi yöl belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan. Şundan söng avtomobil Andijon lokomotiv deposida maşinist bölib işlovçi, 1993-yilda tuğilgan Q.S. boşqaruvidagi KME 3-4700 rusumli poyezd bilan töqnaşgan.

Töqnaşuv oqibatida Damas va poyezdga moddiy zarar yetgan. Hodisa natijasida heç kim tan jarohati olmagan.

Holat örganilmoqda

Hozirda voqea yuzasidan Asaka tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. IIB haydovçilarni temir yöl kesişmalaridan ötişda yöl belgilari, svetofor işoralari va harakat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.

Avvalroq Samarqand viloyati Iştixon tumanida «Epica» rusumli avtomobil temir tösiqqa urilişi oqibatida haydovçi halok bölgandi.

Shuningdek