Bitkoin nega keskin qulamoqda  — izoh

eʼlon qilindi
Sönggi 11 kun içida Bitkoin narxi 15,6 foizga pasaydi
Bitcoin
Foto: Norman Wozny / Unsplash

Sönggi 11 kun içida Bitkoin narxi 15,6 foizga pasaydi. Institutsional investorlarning bozordan mablağ olib çiqayotgani, mayning kompaniyalarining yirik sotuvlari va jahon moliya bozorlarida riskli aktivlarga nisbatan ehtiyotkorlikning kuçaygani bunga sabab bölgan. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

AQŞdagi spot Bitkoin ETF’laridan ketma-ket yetti savdo sessiyasi davomida jami $1,91 mlrd mablağ olib çiqilgan.

«Bu yirik investorlar hozir riskli aktivlarga nisbatan ehtiyotkorroq yondaşayotgani va jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar fonida öz pozitsiyalarini qisqartirayotganini körsatadi», – deya izohladi Binance.

Eng katta sotuv bosimi Coinbase’da kuzatildi

Anchorage Digital ma’lumotlariga köra, 9 – 14-noyabr kunlari faol xarid va sotuv hajmlari örtasidagi jamlanma farqni aks ettiruvçi CVD körsatkiçi Coinbase’da minus 8,9 ming BTC, Binance’da minus 3,1 ming BTC, Bybit’da esa minus 700 BTC’ni taşkil etgan.

Binance fikriça, eng faol sotuvlar Coinbase platformasida qayd etilgani AQŞ bozoridan kelayotgan sotuv bosimi sezilarli ekanidan dalolat beradi.

Bitkoin narxining pasayişiga mayning kompaniyalarining sotuvlari ham ta’sir körsatgan. Xususan, MARA kompaniyasi sönggi olti hafta içida 13 597 BTC’ni qariyb $1,1 mlrdga sotgan. Yilning dastlabki töqqiz oyida esa kompaniya jami 26 984 BTC sotgan.

«Şuni hisobga oliş kerakki, bunday bitimlar har doim ham Bitkoin’ning kelgusidagi qiymatiga oid salbiy kutilmalar bilan boğliq emas. MARA misolida gap qarz yukini boşqariş haqida ham ketmoqda», – deya ta’kidladi kompaniya.

MARA Bitkoin bilan ta’minlangan kreditlarini söndiriş uçun qariyb $750 mln yönaltirgan. Bu esa kompaniyaga garovdagi 17 477 BTC’ni boşatiş imkonini bergan.

Bundan taşqari, mayning kompaniyalari sun’iy intellekt infratuzilmasi va ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari kabi biznesning yangi yönalişlariga tobora köproq qiziqiş bildirmoqda.

Investorlarning riskli aktivlarga qiziqişi pasaymoqda

Narxlarning pasayişi faqat kriptovalyuta bozorida kuzatilayotgani yöq. Masalan, sun’iy intellekt sohasini moliyalaştiriş bilan boğliq investorlar kayfiyatiga sezgir bölgan NBIS muddatsiz fyuçerslari ham şunga yaqin davrda 27,5 foizga arzonlaşgan. Bitkoin’da esa bu körsatkiç 15,6 foizni taşkil etgan.

«Bu investorlar bozorning boşqa segmentlarida ham riskka bölgan munosabatini qayta körib çiqayotganini körsatadi. Xususan, sun’iy intellekt infratuzilmasini moliyalaştiriş kölamlari va bunday investitsiyalarning özini qoplaş muddatlari tobora köproq savol tuğdirmoqda», – deyiladi Binance izohida.

Kompaniya fikriça, Nvidia’ning kutilayotgan moliyaviy hisoboti va Anthropic’ning ehtimoliy IPO’si haqidagi yangiliklar ham investorlar kayfiyatiga ta’sir körsatişi mumkin.

Yil oxirigaça Bitkoin narxi qanday özgarişi mumkin?

Binance tahliliga köra, kriptovalyuta bozorining keyingi dinamikasida makroiqtisodiy vaziyat ham muhim örin tutadi. Investorlar AQŞdagi inflyatsiya va mehnat bozori körsatkiçlarini kuzatmoqda. Çunki uşbu ma’lumotlar Federal zaxira tizimining (FZT) foiz stavkalari böyiça keyingi qarorlariga ta’sir körsatadi.

Qat’iyroq pul-kredit siyosatiga oid kutilmalar kuçaysa, dollar mustahkamlansa va AQŞ davlat obligatsiyalarining daromadliligi oşsa, investorlar odatda Bitkoin kabi riskli aktivlarga nisbatan ehtiyotkorroq yondaşa boşlaydi.

«2026-yil oxirigaça Bitkoin narxining dinamikasi köp jihatdan yirik investorlarning kayfiyati va jahon moliya bozorlaridagi vaziyatga boğliq böladi. Xususan, AQŞdagi spot Bitkoin ETF’laridan mablağlarning çiqib ketişi sekinlaşişi va FZTning yumşoqroq siyosati bozorni qöllab-quvvatlaşi mumkin», – deya qayd etdi Binance.

Şu bilan birga, yuqori foiz stavkalarining saqlanib qolişi, dollarning mustahkamlaşişi va yirik sotuvlarning davom etişi Bitkoin narxiga qöşimça bosim ötkazişi mumkin.

Kompaniya yaqin haftalarda ETF’larda kapital harakati, spot bozor iştirokçilarining faolligi, AQŞning makroiqtisodiy körsatkiçlari va texnologiyalar sektoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi. Binance fikriça, aynan şu omillar yil oxirigaça Bitkoin narxining tiklanişi qançalik barqaror bölişi mumkinligini baholaşga yordam beradi.

Avvalroq Bitkoin narxi tuşib ketib, treyderlar 2 mlrd dollar yöqotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek