«El-yurt umidi» jamğarmasiga sud boji böyiça imtiyoz berildi

Özbekistonda «El-yurt umidi» jamğarmasi ayrim da’volar böyiça fuqarolik sudlarida davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Imtiyoz qaysi da’volarga tatbiq etiladi
Yangi tartibga köra, Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi şartnoma şartlarini bajarmagan stipendiatdan uning xorijda öqişi uçun sarflangan xarajatlarni undiriş böyiça sudga murojaat qilganda davlat bojini tölamaydi.
Bu imtiyoz fuqarolik işlari böyiça sudlarda köriladigan mazkur toifadagi da’volarga tatbiq etiladi.
Jamoatçilik muhokamasi kamida 10 kun böladi
Qonun bilan «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunga ham özgartirişlar kiritildi.
Endilikda vazirliklar va idoralar buyruqlari hamda qarorlari loyihalarining jamoatçilik muhokamasi muddati ular portalga joylaştirilgan kundan boşlab kamida 10 kun bölişi kerak.
Şu bilan birga, agar loyiha e’lon qilinganidan keyingi dastlabki beş kun içida heç qanday fikr-mulohaza yoki taklif kelib tuşmasa, vazirlik va idoralar hujjatni belgilangan tartibda huquqiy ekspertiza va davlat röyxatidan ötkaziş uçun Adliya vazirligiga kiritişi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boşlab kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» «El-yurt umidi» jamğarmasi stipendiya mablağlarini yangi yönalişlarda moliyalaştirişi haqida yozgan edi.