
Xitoyda 2026-yil oktabr oyida eng köp xarid qilingan benzinli va oddiy gibrid avtomobillar reytingi e’lon qilindi. «Kitayskiye avtomobili» yozişiça, unda birinçi örinni Toyota RAV4, ikkinçi örinni Geely Monjaro, uçinçi örinni esa Toyota Corolla Cross egalladi.
Oktabr oyida Xitoyda qariyb 17,8 mingta Toyota RAV4 röyxatdan ötkazilgan. Geely Monjaro körsatkiçi 16,4 mingta, Toyota Corolla Cross esa 16,2 mingta avtomobilni taşkil etdi.
Reytingning dastlabki önligiga quyidagi modellarning ham kirgani qayd etildi:
- Toyota RAV4 – 17,7 mingta;
- Geely Monjaro – 16,4 mingta;
- Toyota Corolla Cross – 16,2 mingta;
- Geely Atlas – 15,5 mingta;
- Volkswagen Lavida – 13,9 mingta;
- BAIC BJ30 – 13,6 mingta;
- Toyota Camry – 12,9 mingta;
- Volkswagen Sagitar – 12,9 mingta;
- Volkswagen Tiguan L – 12,5 mingta;
- BMW 3 Series – 11 mingta.
Benzinli avtomobillarga talab kamaymoqda
CADA ma’lumotiga köra, oktabrda Xitoyda benzinli avtomobillar röyxatdan ötkazilişi 2025-yilning ayni davriga nisbatan 45 foizga kamaygan.
Bunga yonilği narxlarining oşişi va elektromobillar hamda gibrid avtomobillarning ommalaşayotgani sabab sifatida körsatilmoqda.
Şu bilan birga, reytingda faqat an’anaviy benzinli avtomobillar emas, balki taşqi elektr tarmoğidan quvvat olişni talab qilmaydigan oddiy gibridlar ham hisobga olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi benzin narxlari haqida ma’lumot berilgandi. Ma’lumotlarga köra, ommabop AI-92 benzinining bir litri 11,5 mingdan 14 ming sömgaça, AI-95 esa 16 mingdan 20 ming sömgaça sotilmoqda.