Fransiyada insultga çalingan özbekistonlik Toşkentga olib kelindi

Fransiyada oğir ahvolga tuşib qolgan 32 yoşli özbekistonlik Lazizxon Ergaşev maxsus tibbiy kuzatuv ostida Toşkentga olib kelindi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Onasi yordam sörab murojaat qilgan

Hamyurtimiz xalqaro yuk taşuvchi haydovçi sifatida işlagan. 11-oktabr kuni uning soğliği keskin yomonlaşib, şifoxonaga yotqizilgan. Keyinçalik ahvoli oğirlaşib, sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangan. Lazizxon Ergaşevning onasi ijtimoiy tarmoqlar orqali öğlini Özbekistonga qaytarişda yordam sörab murojaat qilgan.
Şundan söng masala Migratsiya agentligi nazoratiga olingan. Joriy yil 9-noyabr kuni Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi, Migratsiya agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Uzbekistan Airways hamda Fransiyadagi şifoxona vakillari uning Vatanga qaytarişi böyiça zarur çoralarni kelişib olgan.
Fransiyaga maxsus tibbiy brigada yuborildi
12-noyabr kuni 3 nafar tibbiyot xodimidan iborat maxsus brigada Fransiyaga yuborilgan. 14-noyabrga ötar keçasi bemor maxsus tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan holda va şifokorlar kuzatuvida Parijdan Toşkentga olib kelingan.
Migratsiya agentligiga köra, uni Vatanga qaytariş xarajatlari Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplangan.
Avvalroq Novosibirskda Mehribonlik uyida qolgan özbekistonlik bola onasiga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.