
«Manchester Siti»ning sobiq boş murabbiyi Xosep Gvardiola AQŞ terma jamoasini boşqariş böyiça muzokara olib borişni rejalaştirmayapti. Bu haqda The Telegraph ma’lumotlariga tayanib Vesti.kz xabar berdi.
Avvalroq AQŞ Futbol federatsiyasi 55 yoşli ispaniyalik mutaxassisga milliy terma jamoa boş murabbiyi lavozimini taklif qilmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gvardiola bir yillik tanaffus qilmoqçi
Manbaga köra, Gvardiola AQŞ futbol federatsiyasi bilan muzokara boşlaşdan manfaatdor emas va hozirça murabbiylik faoliyatiga qaytişni körib çiqmayapti.
U 2026-yil yozida «Manchester Siti»ni tark etganidan söng bir yil tanaffus qilişni rejalaştirgan.
Şu bilan birga, Gvardiola avvalgi intervyularida kelajakda biror mamlakat terma jamoasini boşqarişni istaşini bir neça bor aytgan.
AQŞ yangi murabbiy izlamoqda
AQŞ terma jamoasi boş murabbiyi lavozimi Maurisio Poçettino ketganidan keyin böşagan. Argentinalik mutaxassis Angliyaga qaytib, «Manchester Yunayted» boş murabbiyi lavozimini egallagan. U bu lavozimda Maykl Kerrikning örnini egalladi.
Şundan söng AQŞ futbol federatsiyasi yangi boş murabbiy izlaşga kirişgan va Gvardiola asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olingan.
Biroq hozirgi ma’lumotlarga köra, ispaniyalik mutaxassis bu variantni körib çiqişga tayyor emas. AQŞ terma jamoasi FIFA reytingida 16-örinni egallab turibdi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Husanov britaniyaliklarni hayratda qoldirgani haqida yozgan edi.