Jonni Depp iştirokidagi «Ebenezer» AQŞda yetakçilik qilmoqda

16-noyabr 2026 08:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Jonni Depp iştirokidagi «Ebenezer» AQŞda yetakçilik qilmoqda
Foto: Everett Collection

Çarlz Dikkensning «Rojdestvo tarixi» asari asosida suratga olingan yangi «Ebenezer» filmi Şimoliy Amerikadagi ilk kunida $6,7 mln yiğib, juma kungi boks-ofisda birinçi örinni egalladi.

Filmda boş rol – Ebenezer Skrudjni Jonni Depp ijro etgan. Variety ma’lumotiga köra, kartina ilk dam oliş kunlari yakunida $18 – 20 mln yiğişi mumkin.

Deppning sakkiz yildan keyingi yirik roli

«Ebenezer» Jonni Deppning sönggi sakkiz yil içidagi ilk yirik kino rollaridan biri böldi. Film rejissyori – «X» horror trilogiyasi bilan tanilgan Tay Uest. Kartinaning işlab çiqariş budjeti $38 mlnni taşkil etgan.

CinemaScore sörovlarida tomoşabinlar filmga A- baho bergan. Xalqaro prokatni ham hisobga olganda, filmning ilk hafta oxiridagi umumiy tuşumi $38 – 40 mln atrofida bölişi kutilmoqda.

Boşqa premyeralar ortda qoldi

Juma kungi prokat natijalarida ikkinçi örinni «The Cat in the Hat» multfilmi egalladi. U ilk kunida $2,2 mln işlab topdi.

Film dam oliş kunlari davomida qariyb $10 mln yiğişi va Şimoliy Amerikadagi umumiy tuşumini $36,7 mlnga yetkazişi mumkin.

«How to Rob a Bank» kutilganidan sustroq boşladi

Nikolas Holt, Zoi Kravits va Pit Devidson iştirokidagi «How to Rob a Bank» komediyasi ham juma kuni $2,2 mln yiğdi.

Biroq uning hafta oxiridagi tuşumi atigi $4,75 mln bölişi prognoz qilinmoqda. Filmni işlab çiqariş xarajatlari esa $40 mln dan oşgan.

Avvalroq «Kursiv» Disney minglab xodimlarini işdan böşatişni körib çiqayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek