Millatlar ligasi: Angliya Ispaniyani yengdi, Belgiya Italiyani tor-mor etdi

16-noyabr 2026 10:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Millatlar ligasi: Angliya Ispaniyani yengdi, Belgiya Italiyani tor-mor etdi
Foto: Instagram/ @equipedefrance

UEFA Millatlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumida 15-noyabr kuni guruh bosqiçining oltinçi tur uçraşuvlari bölib ötdi. Kun davomida «A» va «C» ligalarida sakkizta öyin ötkazildi.

Markaziy uçraşuvda Angliya safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mağlub etib, raqibining 43 öyindan iborat mağlubiyatsiz seriyasiga nuqta qöydi. Belgiya Italiyani 4:1 hisobida yengdi, Fransiya esa Turkiya ustidan ğalaba qozonib, A1 guruhida birinçi örinni egalladi.

Angliya Madridda Ispaniyani mağlub etdi

«A» ligasining 3-guruhida Angliya Ispaniyani safarda 3:2 hisobida yengdi. Birinçi bölim oxirida Harri Keyn penaltidan hisobni oçdi. Ikkinçi bölim boşida Ezri Konsa va Ben Uayt qisqa vaqt içida yana ikkita gol urib, hisobni 3:0 körinişiga keltirdi.

63-daqiqada Angliya futbolçisi Elliot Anderson qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Şundan keyin Mikel Oyarzabal penaltidan, Niko Uilyams esa öyindan gol urib, farqni bittagaça qisqartirdi. Biroq Angliya ğalabani saqlab qoldi.

Bu natija Ispaniyaning 43 uçraşuvlik mağlubiyatsiz seriyasini yakunladi. Angliya esa A3 guruhida birinçi örinni egalladi.

Belgiya Italiyaga törtta gol urdi

A1 guruhidagi yana bir muhim uçraşuvda Belgiya Italiyani 4:1 hisobida mağlub etdi. Italiya 11-daqiqada Pio Esposito orqali hisobni oçgan bölsa-da, Belgiya tez orada vaziyatni özgartirdi. Maksim De Kyuper 15-daqiqada hisobni tenglaştirdi, Natan Ngoy 22-daqiqada belgiyaliklarni oldinga olib çiqdi.

Oradan tört daqiqa ötib Jeremi Doku uçinçi golni urdi. Ikkinçi bölimda Diego Moreyra yakuniy hisobni örnatdi.

Öyin oxirida Pio Esposito penaltidan foydalana olmadi – uning zarbasini Belgiya darvozaboni Senne Lammens qaytardi.

Belgiya uşbu ğalaba evaziga guruhni ikkinçi örinda yakunlab, pley-off bosqiçiga yöl oldi. Italiya esa uçinçi örinda qoldi.

Fransiya guruh ğolibiga aylandi

Fransiya Bordoda Turkiyani 2:1 hisobida mağlub etdi.

Hisob 49-daqiqada Emirhan Topçuning avtogolidan keyin oçildi. 80-daqiqada Eli Junior Krupi Fransiyaning ikkinçi golini urdi. Turkiya safida Abdulkerim Bardakçi 90-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi.

Fransiya olti uçraşuvdan keyin 13 oçko jamğarib, A1 guruhida birinçi böldi. Belgiya 12 oçko bilan ikkinçi, Italiya 10 oçko bilan uçinçi örinni egalladi. Turkiya esa oçko ololmay guruhni oxirgi poğonada yakunladi.

Xorvatiya sönggi daqiqalarda ğalabani qölga kiritdi

Xorvatiya Çexiyani 2:1 hisobida mağlub etdi.

Ivan Perişiç ikkinçi daqiqadayoq Xorvatiyani oldinga olib çiqdi. Çexiya 84-daqiqada Adam Glojek orqali hisobni tenglaştirdi.

Biroq uç daqiqa ötib Lovro Mayer ğalaba golini urdi. Xorvatiya uçraşuv davomida 21 marta zarba bergan, şundan sakkiztasi darvoza tomon yöllangan.

Albaniya «B» ligasiga kötarildi

C ligasining 1-guruhida Albaniya Belarusni 2:0 hisobida mağlub etdi. 28-daqiqada Rey Manay hisobni oçdi, 57-daqiqada esa Elseid Hisay ikkinçi golni kiritdi.

Albaniya musobaqani 15 oçko bilan guruh ğolibi sifatida yakunladi va B ligasiga kötarildi. Belarus hamda Finlandiya 10 oçkodan töpladi, San-Marino esa oçko olmadi.

Finlyandiya San-Marinoga yettita gol urdi

Kunning eng sermahsul uçraşuvida Finlyandiya San-Marinoni 7:2 hisobida mağlub etdi. Adrian Svanbek xet-trik qayd etdi. Joel Pohyanpalo ikkita, Leo Valta va Daniel Hokans bittadan gol urdi.

San-Marino safida Nikola Nanni ikki bor raqib darvozasini işğol qildi, ulardan biri penaltidan kiritildi. Birinçi bölimning özidayoq Finlyandiya 5:1 hisobida oldinga çiqib olgan edi.

Çernogoriya Kiprni 4:1 hisobida yengdi

C2 guruhida Çernogoriya safarda Kipr ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozondi. Milutin Osmayiç beşinçi daqiqada hisobni oçdi. Kiprlik Ioannis Pittas 52-daqiqada penaltidan hisobni tenglaştirdi.

Keyinçalik Milan Vukotiç gol urdi, Nikola Krstoviç esa ikki marta raqib darvozasini işğol qilib, yirik ğalabani ta’minladi.

Çernogoriya guruhni 16 oçko bilan birinçi örinda yakunladi. Kipr sakkiz, Armaniston olti, Latviya esa ikki oçko töpladi.

Latviya va Armaniston gol ura olmadi

C2 guruhining ikkinçi öyinida Latviya va Armaniston 0:0 hisobida durang öynadi. Armaniston guruh bosqiçini olti oçko bilan uçinçi, Latviya esa ikki oçko bilan törtinçi örinda yakunladi.

UEFA Millatlar ligasining navbatdagi uçraşuvlari 16 va 17-noyabr kunlari davom etadi. Pley-off va nokaut bosqiçiga qur’a taşlaş marosimi esa 20-noyabr kuni ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Gvardiola AQŞ terma jamoasini boşqarişni istamagani haqida yozgan edi.

Shuningdek