Nissan NX7 avtomobili rasman taqdim etildi

16-noyabr 2026 07:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nissan NX7 avtomobili rasman taqdim etildi
Foto: Sohu

Dongfeng Nissan Xitoyda yangi Nissan NX7 plagin-gibrid krossoveriga oldindan buyurtmalarni qabul qilişni boşladi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar bermoqda.

Modelning töliq taqdimoti 27-noyabr kuni Guançjou avtosalonida ötkazilişi rejalaştirilgan. NX7 Nissan’ning AI Cloud-Power gibrid platformasida yaratilgan bölib, sof elektr rejimida 320 km gaça, umumiy hisobda esa 1 666 km gaça masofa bosib ötişi mumkin.

Narxi $19,4 mingdan boşlanadi

Nissan NX7 Xitoyda uçta komplektatsiyada taklif qilinadi.

Foto: Sohu

Boşlanğiç 320 Pro versiyasi 129,9 ming yuan – taxminan $19,4 ming, 320 Max 139,9 ming yuan – qariyb $20,9 ming, LiDAR bilan jihozlangan 320 Ultra esa 149,9 ming yuan – qariyb $22,4 ming turadi.

320 km elektr rejimida harakatlanadi

NX7 1,5 litrli atmosfera benzin dvigateli va elektromotordan iborat plagin-gibrid tizim bilan jihozlangan.

Benzinli dvigatel 73 kVt, elektr motor esa maksimal 170 kVt yoki 228 ot kuçi işlab çiqaradi. Barça versiyalarda CATL işlab çiqargan 40,9 kVt·soat siğimli LFP batareya örnatiladi.

Foto: Sohu

CLTC sikli böyiça avtomobil faqat elektr energiyasida 320 km gaça masofa bosib ötadi. Benzin va elektr tizimlaridan birgalikda foydalanilganda umumiy yuriş zaxirasi 1 666 kmga yetadi.

LiDAR va şahardagi avtopilot funksiyasini olgan

Yuqori komplektatsiyada tomga örnatilgan LiDAR hamda Momenta R7 haydovçiga yordam tizimi mavjud.

Tizim şahar şaroitida NOA funksiyasini qöllab-quvvatlaydi. U tirbandliklarda harakatlaniş, çorrahalardan ötiş va ayrim manevrlarni avtomatik amalga oşiriş imkonini beradi.

Salonida 17,3 dyuymli ekran bor

NX7 salonida 17,3 dyuymli 3K markaziy ekran, töliq raqamli asboblar paneli va 55 dyuymli AR-HUD proyeksion displeyi örnatilgan.

Multimedia tizimi Qualcomm’ning Snapdragon 8295P protsessorida işlaydi. iFlytek bilan hamkorlikda işlab çiqilgan Nissan OS 3.0 ovozli boşqaruv, yuzni aniqlaş va şaxsiy sozlamalarni qöllab-quvvatlaydi.

Foto: Sohu

Törtta örindiqda isitiş, ventilyatsiya va massaj bor

Avtomobilning barça törtta asosiy örindiği isitiş, ventilyatsiya hamda 12 nuqtali massaj funksiyasiga ega.

Old örindiqlar töliq yotqizilib, yotoqqa öxşaş joy hosil qilişi mumkin. Salonda 6,33 litrli sovitkiç ham mavjud.

Bagaj bölimining hajmi standart holatda 783 litr, örindiqlar yiğilganda esa 1 878 litrgaça kengayadi.

Kuzovi qariyb 4,8 metr

Nissan NX7 uzunligi 4 785 mm, eni 1 920 mm, balandligi 1 660 mm. Ğildirak bazasi 2 815 mmni taşkil etadi.

Model yarim yaşirin eşik tutqiçlari bilan jihozlangan va xaridorlarga 18 yoki 19 dyuymli ğildirak disklarini tanlaş imkoniyati beriladi.

Avvalroq «Kursiv» yangi Captiva 2027 Özbekistonda ham sotilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek