Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiyaga yuboriş tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Navbatni onlayn kuzatiş mumkin
Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiyaga yuboriş tartibi belgilandi
Foto: Pexels

Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya va protezlaş markazlariga navbat asosida yuborişning yangi tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartibga köra, nogironligi bölgan şaxslar reabilitatsiya markazlariga «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali elektron navbat asosida yuboriladi. Navbat markazlardagi böş örinlarni hisobga olgan holda avtomatik ravişda şakllantiriladi.

Yöllanma oliş uçun qayerga murojaat qiliş kerak

Nogironligi bölgan şaxs yoki uning qonuniy vakili yöllanma oliş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoki bevosita oilaviy şifokorga murojaat qilişi mumkin.

Ariza beruvçi reabilitatsiya xizmatini hududiy yoki milliy markazda, şuningdek, ambulator yoki statsionar şaroitda olişni özi tanlaydi.

Sörovnomani körib çiqiş, yöllanma beriş hamda reabilitatsiya xizmatlari bepul amalga oşiriladi.

Oilaviy şifokor beş iş kunida körik ötkazadi

Oilaviy şifokor murojaatdan söng beş iş kuni içida tibbiy körik ötkazadi.

Agar şaxsda belgilangan 569 ta tibbiy körsatmadan kamida bittasi mavjud va 26 ta qarşi tibbiy körsatmadan heç biri aniqlanmasa, şifokor yöllanmani elektron şaklda rasmiylaştiradi.

Şundan söng fuqaro reabilitatsiya markazidagi navbatga elektron ravişda qöyiladi.

Reabilitatsiya yiliga bir neça marta olinişi mumkin

Reabilitatsiya xizmatlaridan foydalaniş davri nogironlik muddatiga qarab belgilanadi.

Ambulator şaroitda xizmatlardan yiliga ikki-uç marta, statsionar şaroitda esa yiliga bir-ikki marta foydalaniş mumkin böladi.

Navbatni onlayn kuzatiş mumkin

Ariza beruvçilar elektron navbatdagi holatini real vaqt rejimida kuzatib borişi mumkin. Navbat kelişidan 10 kun oldin fuqaroning telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

Yangi tartib reabilitatsiya xizmatlarini oliş jarayonini elektronlaştiriş, navbatlarni avtomatik boşqariş hamda markazlardagi böş örinlardan samarali foydalanişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekistonda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş majburiy bölişi haqida yozgan edi.

Shuningdek