Özbekistonda firibgarlar odamlarga 278 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazdi

Özbekistonda 2026-yilning 1-yanvaridan 1-oktabrigaça fuqarolarga nisbatan sodir etilgan firibgarlik holatlari oqibatida 278,3 mlrd sömlik moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Markaziy bankning Yagona platformasi orqali Içki işlar vazirligining «Cardblock» tizimida röyxatga olingan murojaatlar tahlilida ma’lum qilindi.
Tahlilga köra, firibgarlikning eng köp uçraydigan usullaridan biri fuqarolarning telefonlariga zararli dasturlar örnatiş bölgan. Bu orqali 18 830 ta holat qayd etilib, 79,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Şuningdek, firibgarlarning telefon orqali bergan körsatmalarini bajargan fuqarolar bilan boğliq 611 ta holatda 27,7 mlrd söm zarar qayd etilgan. Telegram akkauntlarini egallab oliş orqali esa 2 808 ta holatda 21,9 mlrd söm özlaştirilgan.
Firibgarlikning eng köp uçragan usullari
Hisobotda qayd etilgan boşqa firibgarlik turlari va ular yetkazgan zarar miqdori quyidagiça:
- Soxta treyding takliflari – 1 044 ta holat, 15,1 mlrd söm zarar;
- Moliyaviy piramidalar – 1 086 ta holat, 14 mlrd söm zarar;
- Onlayn xarid uçun oldindan tölov – 3 571 ta murojaat, 10,5 mlrd söm zarar;
- Fuqarolar nomiga onlayn kredit rasmiylaştiriş – 130 ta holat, 10,6 mlrd söm zarar;
- Onlayn öyinlar uçun tölov bilan boğliq firibgarlik – 272 ta holat, 900 mln söm zarar.
Bundan taşqari, bank kartalari va elektron hamyonlardan pul yeçib olingan, biroq murojaatlarda firibgarlik turi körsatilmagan 11 475 ta holat aniqlangan.
Uşbu holatlarda fuqarolarga yetkazilgan zarar 98,1 mlrd sömni taşkil etgan. Umumiy zarar miqdorining 113,1 mlrd sömi tezkor çoralar natijasida bloklangan.
7,6 mlrd sömlik avtoundiruvlar ham tekşirilgan
Markaziy bank tahlilida firibgarlik sifatida qabul qilingan, biroq aslida kredit qarzdorligini avtomatik undiriş bilan boğliq holatlar ham alohida körib çiqilgan.
Ayrim fuqarolar bank hisoblaridan pul yeçib olinganini firibgarlik deb gumon qilib, içki işlar organlariga murojaat qilgan. Örganişlar natijasida bu holatlarning bir qismida kredit qarzdorligi böyiça avtomatik undiruv – «avtoundiruv» amalga oşirilgani aniqlangan.
Şu sababli 2 737 ta murojaat qayd etilgan bölib, ular bilan boğliq mablağlar miqdori 7,6 mlrd sömni taşkil qilgan.
Ayni paytda qayd etilgan firibgarlik holatlari yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Markaziy bank fuqarolarni ogohlantirdi
Markaziy bank firibgarlikdan himoyalaniş uçun quyidagi tavsiyalarni berdi:
- Messenjerlar va noma’lum manbalardan zararli APK fayllarni yuklab olmang;
- Özini bank xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvçi organ vakili sifatida taniştirgan şaxslarga karta ma’lumotlari va tasdiqlaş kodlarini bermang;
- Telegram akkauntingizda ikki bosqiçli himoyani yoqing;
- Internet orqali xarid qilişdan oldin sotuvçining işonçliligini tekşiring;
- Katta daromad va’da qiluvçi şubhali investitsiya loyihalari va «pulni köpaytirib beriş» takliflariga işonmang;
- Firibgarlikka duç kelsangiz, darhol bankingiz yoki tölov taşkilotiga hamda içki işlar organlariga murojaat qiling.
Avvalroq Özbekiston davlat idoralariga kiberhujumlar uyuştirilgani aytilgandi.