Özbekistonliklar eng köp safar qilayotgan davlatlar qaysi

eʼlon qilindi
2026-yil yanvar – oktabr oylarida
Özbekistonliklar eng köp safar qilayotgan davlatlar qaysi
Foto: statistika

2026-yil yanvar – oktabr oylarida 6,5 mln nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Milliy statistika qömitasiga köra, bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 154,2 ming nafarga köp.

Ma’lumotlarga köra, Özbekiston fuqarolari eng köp Qirğiz Respublikasiga borgan – 2,9 mln nafar. Keyingi örinlarda Qozoğiston – 1,2 mln nafar va Tojikiston – 1,1 mln nafar bilan qayd etilgan.

Turkiya va Saudiya Arabistoni ham Top-10 ga kirdi

Rossiyaga 301,4 ming, Turkiyaga 257,9 ming va Saudiya Arabistoniga 253,8 ming nafar Özbekiston fuqarosi safar qilgan.

Şuningdek, BAAga 73,3 ming, Xitoyga 64,8 ming, Misrga 50,5 ming va Vyetnamga 38,3 ming nafar fuqaro borgan.

Umuman, Top-10 quyidagi davlatlardan iborat: Qirğiz Respublikasi, Qozoğiston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy, Misr va Vyetnam.

Özbekistonga 11,6 mln xorijlik turist kelgan

2026-yilning yanvar – oktabr oylarida 11,6 mln nafar çet el fuqarosi turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan. Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan qariyb 1,9 mln nafarga yoki 19,4 foizga köp.

Özbekistonga eng köp turist Qirğiz Respublikasidan kelgan – 3,2 mln nafar. Keyingi örinlarda Qozoğiston – 2,7 mln va Tojikiston – 2,5 mln nafar bilan qayd etilgan.

Şuningdek, Rossiyadan 1,1 mln, Afğonistondan 432,7 ming, Xitoydan 430,3 ming, Turkmanistondan 289,9 ming va Turkiyadan 169,6 ming nafar turist kelgan. Top-10 likdan Hindiston 64,3 ming va Germaniya 50,8 ming nafar bilan ham örin olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Tailand vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaşga kelişgandi. Vazirlik ma’lumotiga köra, kelişuvga Özbekiston va Tailand taşqi işlar vazirliklari örtasidagi töğridan töğri muzokaralar davomida erişilgan. Hozirda vizasiz safarlar töğrisidagi bitim matni Tailand tomoni tomonidan körib çiqilmoqda.

Shuningdek