Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasiga yangi rais tayinlandi

Qozoğiston prezidenti farmoni bilan Yermek Sagimbayev Milliy xavfsizlik qömitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Uning örniga Marat Irmenov Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi raisi etib tayinlandi. Irmenov şu munosabat bilan avvalgi – qömita raisi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Marat Irmenov kim
Marat Irmenov xavfsizlik tizimida qariyb 30 yillik tajribaga ega. U 1993-yilda Ğarbiy Qozoğiston qişloq xöjaligi institutini, 1996-yilda Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi institutini, 2000-yilda esa Xalqaro huquq va bozor akademiyasini tamomlagan.
1996 – 2000-yillarda milliy xavfsizlik organlarida operativ lavozimlarda, 2000 – 2025-yillarda esa rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2025-yil oktabridan Milliy xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
2019-yilda unga milliy xavfsizlik general-mayori maxsus unvoni berilgan. Şuningdek, u II darajali «Dang» ordeni hamda qator davlat va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlangan.
Yermek Sagimbayev 2022-yildan beri qömitani boşqargan
Yermek Sagimbayev 1967-yilda tuğilgan. U Qozoğiston politexnika instituti, Al-Farobiy nomidagi Qozoğiston milliy universiteti hamda Milliy mudofaa universitetini tamomlagan.
1994 – 2006-yillarda milliy xavfsizlik organlarida, 2006–2019-yillarda esa Qozoğiston prezidenti Qöriqlaş xizmatida işlagan.
2019 – 2021-yillarda Davlat qöriqlaş xizmati boşliği örinbosari — Prezident qöriqlaş xizmati boşliği bölgan. 2021 – 2022-yillarda esa Davlat qöriqlaş xizmatiga rahbarlik qilgan.
Sagimbayev 2022-yil yanvaridan Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan. 2022-yilda unga milliy xavfsizlik general-leytenanti unvoni berilgan.
Avvalroq «Kursiv» Qozoğiston Özbekiston bilan çegarada 194 dollarlik garov pulini keçiktirgani haqida yozgan edi.