Qozoğistonning Özbekistonga neft eksporti 80 foizga oşdi

2026-yil yanvar – avgust oylarida Qozoğiston Özbekistonga 65,1 ming tonna xom neft va bitumli minerallardan olingan neft mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan qariyb 80 foizga köp.
Trend hisob-kitoblariga köra, eksport qiymati ham keskin oşgan. Sakkiz oyda Özbekistonga yetkazib berilgan neft qiymati $29,73 mlnni taşkil etdi. Bu ötgan yilgi $13 mln bilan soliştirganda 128,8 foizga köp.
Avgustda qariyb 6 ming tonna neft yetkazildi
2026-yil avgust oyining özida Qozoğiston Özbekistonga qariyb 6 ming tonna xom neft eksport qilgan. Yetkazib berilgan mahsulotlar qiymati $5,19 mlnni taşkil etdi.
2025-yil yanvar – avgust oylarida Qozoğiston Özbekistonga 36,2 ming tonna neft eksport qilgan edi.
Qozoğiston neft eksporti umumiy hajmda kamaygan
Şu bilan birga, Qozoğistonning umumiy xom neft eksporti sakkiz oyda 3,7 foizga kamayib, 46,96 mln tonnani taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 48,74 mln tonna bölgan.
Biroq eksport qiymati 16,3 foizga oşib, $30,09 mlrdga yetgan. Xom neft va bitumli minerallardan olingan neft mahsulotlari Qozoğiston eksportining qariyb yarmi 49,8 foizini taşkil qilgan.
Qozoğiston taşqi savdosi $103 mlrdga yaqinlaşdi
2026-yil yanvar – avgust oylarida Qozoğistonning taşqi savdo aylanmasi $102,96 mlrdni taşkil etib, ötgan yildagiga nisbatan 12,8 foizga oşgan.
Eksport hajmi $60,39 mlrdga, import esa $42,57 mlrdga yetgan. Qozoğiston eksportida Italiya eng yirik bozor bölgan. Keyingi örinlarni Xitoy, Rossiya, Turkiya, Fransiya va Niderlandiya egallagan.
Şu bilan birga, 2026-yilning yanvar – oktabr oylarida Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga 81 ming tonna neft tranzit qilindi. Bu ötgan yilning mos davridagi 4 ming tonnaga nisbatan 1 925 foizga köp. Bu haqda «KazTransOil» kompaniyasining 2026-yil 10 oylik işlab çiqariş natijalarida ma’lum qilindi.
Yanvar – oktabr oylarida «KazTransOil» magistral neft quvurlari tizimi orqali jami 38,3 mln tonna neft taşilgan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,32 mln tonnaga köp.
Qozoğistondagi neftni qayta işlaş zavodlariga 15,52 mln tonna neft yetkazib berilgan. Aktau porti orqali tankerlar bilan jönatilgan neft hajmi esa 2,92 mln tonnani taşkil etgan. Şundan 1,32 mln tonna neft Boku – Tbilisi – Jayhon quvuri yönalişida yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq neft-gaz sohasidagi kompaniya aksiyalari bir haftada 65 foizdan oşgani xabar qilingandi.