Şavkat Mirziyoyev Ömon sultoni bilan iqtisodiy masalalarni gaplaşdi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan uçraşdi. Muzokaralar 16-noyabr kuni Maskat şahridagi «Al-A’lam» saroyida bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda Ömon sultoni Özbekiston rahbarini samimiy qutlab, davlat taşrifi ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilişini ta’kidladi.
Şavkat Mirziyoyev esa körsatilgan ehtirom va mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirib, taşrif ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim qadam bölişiga işonç bildirdi.
Tomonlar sönggi yillarda Özbekiston va Ömon örtasidagi aloqalar faol rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, siyosiy muloqot mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Ömonda 21 marta töpdan öq uzib kutib olingandi.