Umra safariga otlangan 100 dan ortiq qirğizistonlik Toşkentda qolib ketdi

Qirğizistonning 104 nafar fuqarosi Umra ziyoratiga boriş uçun yölga çiqqan bölsa-da, 12-noyabrdan buyon Toşkentdan Saudiya Arabistoniga uçib keta olmayapti. Bu haqda 16-noyabr kuni Jogorku Keneşning Mehnat, soğliqni saqlaş, xotin-qizlar işlari va ijtimoiy masalalar qömitasi yiğilişida deputat Burul Amanova ma’lum qildi.
Uning aytişiça, Toşkentda qolib ketganlarning aksariyati Jalolobod va Botken viloyatlaridan kelgan. Ularning köpçiligi pensiya yoşidagi fuqarolar bölib, soğliği bilan boğliq muammolarga ega.
Deputatning ma’lum qilişiça, 16-noyabr kuni ziyoratçilarni keçqurun Saudiya Arabistoniga jönatiş va’da qilingan. Biroq reyslar haqida aniq ma’lumot berilmagani sababli yölovçilar yaşab turgan joylaridan çiqarib yuborilişidan xavotirda.
Amanova «Nur-Umra» kompaniyasi vakillari bilan ham boğlangan. Kompaniya vakillari ziyoratçilarning har biri qöşimça 400 dollardan tölasa, ularni manziliga yetkazişga tayyor ekanini bildirgan. Fuqarolar esa bu talabga rozi bölmagan. Sababi, ular safar xarajatlarini avvaldan tölab bölgan. Bundan taşqari, deputatning ta’kidlaşiça, ziyoratçilar ilgari ham yana 100 dollardan qöşimça pul tölaşga majbur bölgan.
Deputat Içki işlar vazirligi va Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasini vaziyatga oydinlik kiritiş hamda fuqarolarga yordam berişga çaqirgan.
Nur-Umra kompaniyasi faoliyati tekşirilmoqda
Ma’lumot uçun, 13-noyabr kuni Qirğiziston musulmonlari diniy boşqarmasi fuqarolarni Umra safarini taşkil etuvçi sayyohlik kompaniyalarini tanlaşda ehtiyotkor bölişga çaqirgan.
Muftiyatga «Nur-Umra» kompaniyasi faoliyati yuzasidan bir neça bor telefon orqali murojaatlar va rasmiy şikoyatlar kelib tuşgani bildirilgan.
Tekşiruv davomida kompaniya ziyoratçilarni «Umra» yagona elektron ilovasida röyxatdan ötkazmasdan safarga jönatgani aniqlangan. Şu munosabat bilan ixtisoslaştirilgan bölim tomonidan tegişli dalolatnoma tuzilgan. Kompaniya vakillariga bir neça bor qönğiroq qilinib, ogohlantirişlar berilgan.
Şu bilan birga, muftiyatning 13-noyabrdagi murojaatida 100 dan ortiq Qirğiziston fuqarolarining Toşkentda qolib ketgani haqida ma’lumot berilmagan. Idora kompaniya faoliyatiga oid masala idoralararo komissiya tomonidan körib çiqiş uçun topşirilganini bildirgan. Tekşiruv yakunlariga köra, qonunçilikka muvofiq çoralar körilişi va’da qilingan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Andijon va Farğonada noqonuniy Umra xizmatlari aniqlangani haqida yozgan edi.