Yangi baliq turiga multfilm qahramoni nomi berildi

eʼlon qilindi
Baliqning öziga xos belgisi olimlar e’tiborini tortdi
Foto: Xitoy Fanlar akademiyasi

Xitoylik olimlar Janubiy Xitoy dengizida baliqning yangi turini aniqlab, unga yapon animatsion rejissyori Hayao Miyazaki işlagan «Malika Mononoke» multfilmining boş qahramoni San nomi bilan boğliq ilmiy nom berişdi. Baliqning közlari ostidagi qizil çiziqlar multfilm qahramonining yuzidagi naqşlarni eslatgani uçun Brançiostegus sanae deb nomlangan. Bu haqda Xitoy Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Baliqning öziga xos belgisi olimlar e’tiborini tortdi

Yangi tur çuqur suvda yaşovçi tilefişlar oilasiga mansub. Uning eng ajralib turadigan xususiyati – közlari ostidagi qizil va oq rangli çiziqlar. Baliq tanasida esa töq rangli vertikal yöllar mavjud.

Tadqiqotçilar dastlab uşbu baliq namunalarini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorlarda körib, uning taşqi körinişiga e’tibor qaratgan. Keyinçalik morfologik va genetik tahlillar uning ilgari ilm-fanga ma’lum bölmagan alohida tur ekanini tasdiqlagan.

Tadqiqot Xitoy Fanlar akademiyasining Janubiy Xitoy dengizi okeanologiyasi instituti, Çjeszyan universiteti va Xitoy okean universiteti olimlari tomonidan olib borilgan. Buning uçun 2023-yilda töplangan beşta baliq namunasi örganilgan.

Baliq 300 metr çuqurlikda yaşaydi

Brançiostegus sanae namunalari Xitoyning Xaynan oroli va Sişa orollari oraliğidagi Janubiy Xitoy dengizidan, taxminan 150 – 300 metr çuqurlikdan olingan.
Olimlarning ma’lumotlariga köra, baliqning uzunligi 40 santimetrdan oşişi mumkin. U mahalliy baliqçilar orasida avvaldan ma’lum bölgan, biroq uning alohida tur ekani ilmiy jihatdan endi tasdiqlangan.

Yangi turning ilmiy nomidagi sanae sözi «Malika Mononoke» multfilmining qahramoni San nomidan olingan. U börilar orasida ulğaygan va örmonni himoya qiliş uçun kuraşadigan qahramon sifatida tasvirlangan.

Tadqiqotning birinçi muallifi Xaoçen Xuangning ta’kidlaşiça, multfilm inson va tabiat örtasidagi murakkab munosabatlarni oçib beradi. Olimlar baliqqa uşbu nomni beriş orqali tabiat bilan uyğunlikda yaşaş ğoyasini ham ifodalaşni istagan.

Avvalroq Avstraliyaning Kvinslend ştatida boşi qismidan ikkita qöşimça oyoq ösib çiqqan buzoq tuğilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek