Andijon va Toşkent viloyatlarida noqonuniy Umra ziyoratini taşkil etgan şaxslar uşlandi

Andijon va Toşkent viloyatlarida fuqarolarni tegişli ruxsatnomasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan pul talab qilgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Andijonda uç fuqarodan $3350 talab qilingan
Andijon viloyatining Asaka tumanida Umra ziyoratini taşkil etiş huquqiga ega bölmagan turistik firma rahbari uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborişni va’da qilgan. Buning evaziga u jami $3350 talab qilgan.
DXXning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari ötkazgan tezkor tadbir davomida firma rahbari talab qilingan pulni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, ya’ni firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bekobodda tört kişini Umraga yuboriş uçun $4800 söralgan
Toşkent viloyatining Bekobod tumanida esa xususiy öquv markazi rahbari tört nafar fuqaroni noqonuniy tarzda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan.
1992-yilda tuğilgan markaz rahbari bu xizmat evaziga Bekobod şahrida yaşovçi, 1994-yilda tuğilgan fuqarodan $4800 talab qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ötkazgan tezkor tadbir davomida markaz rahbarining 1995-yilda tuğilgan ukasi fuqarodan $2000 miqdoridagi avans tölovini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Uşbu holat böyiça aka-ukaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Umra safariga otlangan 100 dan ortiq qirğizistonlik Toşkentda qolib ketgani haqida yozgan edi.