Chevrolet Özbekiston bozoridagi örnini yöqotmoqda, Green Card lotereyasining yangi mavsumi va Qorasuv kanalida Nil timsohi — 17-noyabr yangiliklari

Chevrolet Özbekiston bozoridagi örnini yöqotmoqda, Green Card lotereyasining yangi mavsumi va Qorasuv kanalida Nil timsohi — 17-noyabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini tubdan yangilaydi

Chevrolet kompaniyasi Braziliyada ommaviy segment uçun möljallangan elektrlaştirilgan avtomobillar strategiyasini qayta körib çiqmoqda. Kompaniyaning yangi Chevrolet Sonic krossoveri brend tarixidagi ilk gibrid-flex modelga aylanişi mumkin.
GM Authority ma’lumotiga köra, General Motors’ning Braziliyadagi bölinmasi mahalliy işlab çiqariladigan Chevrolet avtomobillari uçun maxsus elektrlaştirilgan kuç qurilmasini tayyorlamoqda.
Dastlab uşbu texnologiyani 2026-yildayoq Chevrolet Tracker va Montana’da joriy etiş rejalaştirilgan edi. Biroq kompaniyaning Janubiy Amerikadagi rahbariyati almaşganidan keyin rejalar özgargan.
Husanov puliga arziydimi — statistika yangilandi

Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» şartnomasi 2031-yil 30-iyungaça amal qiladi. Sönggi öyinlardagi körsatkiçlar esa Husanov jamoada barqaror öyin amaliyotiga ega bölayotganini körsatmoqda.
Sofascore ma’lumotlariga köra, «Manchester Siti» Husanov uçun «Lens»ga 40 mln yevro tölagan. Hozir esa uning bozor qiymati 47 mln yevroni taşkil etmoqda.
Bu faqat moliyaviy nuqtai nazardan qaralganda, futbolçining narxi transferdan keyin pasaymaganini, aksinça ösganini anglatadi.
Habib Nurmagomedov ukasini ozod ettirgani aytilmoqda — OAV

Sobiq UFC çempioni Habib Nurmagomedov Birlaşgan Arab Amirliklari rasmiylari bilan muzokaralardan söng ukasi Usman Nurmagomedov va uning şeriklari ozod etilişiga erişgani aytilmoqda. Bu haqda Life naşri xabar berdi.
Manbaga köra, Usman Nurmagomedov va bir guruh sportçilar 11-noyabr kuni BAAda gruziyalik jangçi Merab Dvalişvili iştirokidagi ommaviy muştlaşuvdan keyin uşlangan.
Chevrolet Özbekiston bozoridagi örnini yöqotmoqda: Xitoy brendlari uluşi 18,4 foizga yetdi

2026-yil yanvar–oktabr oylarida Chevrolet Özbekiston avtomobil bozorida 74% uluş bilan yetakçilikni saqlab qoldi. Şu bilan birga, Xitoy avtomobil brendlarining umumiy uluşi 18,4 foizga yetib, ularning sotuvi bir yil içida 48,2 foizga oşdi. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
2026-yil oktabr oyida Özbekistonda 36,2 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025-yil oktabriga nisbatan qariyb 12 foizga kam, sentabr oyiga nisbatan esa 6,3 foizga köp.
Yanvar–oktabr oylarida jami 318,9 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 ming donaga yoki 6,5 foizga kam.
Mahkumlarga oliy ta’lim oliş imkoniyati beriladi

2027/2028 öquv yilidan boşlab jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkumlarga oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş va masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqiş imkoniyati yaratiladi. Bu prezidentning tegişli qarorida belgilangan.
Oliy ta’limga qabul qilingan mahkumlar masofadan öqişi uçun koloniyalarda video-konferens-aloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.
Şuningdek, 2027/2028 öquv yiligaça jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Tatyana Kimga qarşi sanksiyalar kompaniya işiga ta’sir qilmaydi — RWB

Wildberries asosçisi va RWB rahbari Tatyana Kimga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalar kompaniya va uning ekotizimidagi xizmatlar faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda RWB matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Kompaniya izohiga köra, RWB’ning Yevropa Ittifoqi hududida aktivlari yöq va kompaniya YI mamlakatlarida faoliyat yuritmaydi.
«Kapital bozori töğrisida»gi qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Kapital bozori töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda qabul qilib, Senatga yubordi. Hujjat kapital bozorini zamonaviy qonunçilik asosida tartibga soliş, investorlar huquqlarini himoya qiliş va bozor şaffofligini oşirişga qaratilgan.
Qonun loyihasida kapital bozori vositalari turlarini kengaytiriş nazarda tutilgan. Xususan, hosilaviy moliyaviy vositalar, qoplangan obligatsiyalar, sekyuritizatsiya, sukuk va barqaror rivojlaniş obligatsiyalarini çiqariş hamda ularning bozordagi aylanişini tartibga soluvçi qoidalar belgilanmoqda.
Green Card lotereyasining yangi mavsumi nega keçikmoqda

AQŞ Diversity Visa — Green Card lotereyasining DV-2027 mavsumi uçun röyxatdan ötiş sanasini haligaça e’lon qilmadi. Davlat departamenti bunga dasturda ariza topshiriş jarayoniga kiritilayotgan özgarişlarni sabab sifatida körsatgan. AQŞ Davlat departamentining 2026-yil 5-noyabrda e’lon qilingan rasmiy xabarida mazkur özgarişlar nimalardan iborat ekani hozirça batafsil oçiqlanmangan.
Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlandi

Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi topilib, xavfsiz tarzda uşlandi. Jonivor reabilitatsiya qiliş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qildi.
Qömita tizimidagi Ekohudud va ovçilikni rivojlantiriş departamentiga kanalda timsoh borligi haqida murojaat kelib tuşgan. Şundan söng holat Qömita va Toşkent hayvonot boği mutaxassislari bilan birgalikda örganilgan. Xabar tasdiqlanib, sudralib yuruvçi jonivor tutib olingan.
Turkiyada özbekistonlik fuqaro qurolli hujumda gumonlanib qölga olindi

Turkiyaning Antaliya viloyati Manavgat tumanida niqob taqqan ikki kişi avtomobil haydovçisiga qarata öq uzdi. Hujumda gumonlanganlardan biri Özbekiston fuqarosi ekani aniqlandi. Ikki gumonlanuvçi ham qölga olinib, qamoqqa yuborildi. Bu haqda Antalya Ekspres naşri xabar berdi.
Hodisa Manavgat tumanining Ilica mahallasidagi Zeytinlik hududida sodir bölgan. A.E.K. ismli haydovçi telefonda gaplaşiş uçun avtomobilini yöl çetiga töxtatgan. Şu payt uning yoniga mototsiklda niqob taqqan ikki kişi kelib, maşinadan tuşişini talab qilgan.
Ulardan şubhalangan haydovçi avtomobildan tuşmagan va orqaga harakatlanib, voqea joyidan ketişga uringan. Biroq mototsikldagi şaxslar uning avtomobiliga orqadan qarata öq uzgan. Haydovçi 112 tezkor xizmatiga xabar berganidan söng voqea joyiga jandarmalar yetib kelgan.
Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumani Çilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va quşlarning ommaviy nobud bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlaş sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda. Tuman hokimligi holat yuzasidan tekşiruv işlari boşlanganini ma’lum qildi.
Hokimlik ma’lumotiga köra, vaziyat nazoratga olingan. Mas’ul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari qayd etilib, hudud közdan keçirilmoqda. Nobud bölgan hayvonlar va quşlarni yiğiştirib oliş işlari ham taşkil etilmoqda.
Banklar Husanovning jamoasini moliyalaştirişdan boş tortmoqda

Banklar Angliyaning «Mançester Siti» futbol klubi bilan boğliq transfer kelişuvlarini moliyalaştirişga ehtiyotkorlik bilan yondaşa boşladi. Bunga klubning moliyaviy qoidalarni buziş böyiça işi yuzasidan kutilayotgan sanksiyalar sabab bölmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlik manbalariga köra, odatda «Mançester Siti»ga futbolçi sotadigan klublarga transfer pullarini oldindan oliş uçun kredit ajratadigan banklar hozirça yangi kelişuvlardan tiyilmoqda. Ular Angliya Premyer-ligasi «Mançester Siti»ga qanday jazo qöllaşini kutmoqda.