AQŞda özbekistonlik qizlar ta’limini qöllab-quvvatlaş fondi oçildi

eʼlon qilindi
Birinçi bosqiçga 20 nafar qiz tanlab olindi
AQŞda özbekistonlik qizlar ta’limini qöllab-quvvatlaş fondi oçildi
Foto: «Dunyo» AA

AQŞning Virdjiniya ştatida Özbekistonning çekka hududlaridagi iste’dodli qizlarni bepul öqitiş va oliy ta’limga tayyorlaşga qaratilgan Girls Education Fund xayriya fondi iş boşladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Fond AQŞda yaşayotgan vatandoşlar Farxod va Sevara Sulton hamda özbek diasporasi vakillari taşabbusi bilan taşkil etilgan.

Dastlabki tanlovga Özbekistonning turli hududlaridan 236 ta ariza kelib tuşgan. Inşo va suhbat bosqiçlaridan söng 10 ta hududdan 20 nafar qiz tanlab olingan.

Hozir ular ingliz tili va matematika fanlaridan haftasiga olti kun onlayn tarzda bepul ta’lim olmoqda.

Öquvçilar sonini 500 nafarga yetkaziş rejalaştirilgan

Fond kelgusida dastur iştirokçilari sonini 500 nafarga yetkazişni rejalaştirgan. Şuningdek, qizlarga xalqaro ta’lim dasturlarida qatnaşiş, xorijiy universitetlarga kirişga tayyorlaniş va kasbiy rivojlanişda yordam beriş közda tutilgan.

Fond vakillari çekka hududlardagi iste’dodli qizlarni aniqlaş uçun Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, hokimliklar hamda maktablar bilan hamkorlik qilişni rejalaştirmoqda.

Oçiliş marosimida birinçi guruh ta’limini moliyalaştiriş uçun homiylik mablaği ajratilgani ham ma’lum qilindi.

Eslatib ötamiz, 2027-yilda ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarini moliyalaştirişga 176 trln sömga yaqin mablağ ajratilişi rejalaştirilmoqda. Budjetning ijtimoiy yönaltirilganligi saqlab qolinib, ta’lim sohasiga 114,3 trln söm, tibbiyotga esa 61,4 trln söm yönaltiriladi.

Shuningdek