Green Card lotereyasining yangi mavsumi nega keçikmoqda

AQŞ Diversity Visa — Green Card lotereyasining DV-2027 mavsumi uçun röyxatdan ötiş sanasini haligaça e’lon qilmadi. Davlat departamenti bunga dasturda ariza topshiriş jarayoniga kiritilayotgan özgarişlarni sabab sifatida körsatgan. AQŞ Davlat departamentining 2026-yil 5-noyabrda e’lon qilingan rasmiy xabarida mazkur özgarişlar nimalardan iborat ekani hozirça batafsil oçiqlanmangan.
Yangi sana keyinroq e’lon qilinadi
Davlat departamenti DV dasturiga ariza topshiriş jarayonida ayrim özgarişlar amalga oşirilayotganini ma’lum qilgan. Shu sabab DV-2027 uçun röyxatdan ötiş boşlaniş sanasi hozirça belgilanmagan. Idora yangi sanani imkon qadar tezroq, şuningdek, lotereya natijalarini qaçondan tekşiriş mumkinligini ham alohida e’lon qilişini bildirgan.
Davlat departamenti aynan qanday özgarişlar joriy etilayotgani yoki tayyorgarlik qançaga çö‘zilişi haqida qöşimça ma’lumot bermagan. AQŞning rasmiy DV sahifasida ham DV-2027 uçun röyxatdan ötiş sanalari keyinroq keng jamoatçilikka ma’lum qilinişi qayd etilgan.
Ariza qaçon va qayerda topshiriladi?
Diversity Visa dasturiga ariza faqat Davlat departamenti belgilagan muddatda elektron tarzda topshiriladi. Muddatdan oldin yoki keyin yuborilgan, şuningdek, qoğozda topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.
DV-2026 mavsumida, masalan, röyxatdan ötiş 2024-yil 2-oktabrda boşlanib, 7-noyabrda yakunlangan edi. DV-2027 mavsumi uçun esa hozirça bunday muddat e’lon qilinmadi.
Davlat departamentining 5-noyabrdagi bayonotiga köra, röyxatdan ötiş muddatining özgarişi DV-2027 da tanlab olinadigan şaxslarning immigratsion viza olish davriga ta’sir qilmasligi kerak. Bu davr 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 30-sentabrgaça deb körsatilgan.
Avvalroq AQŞ Federal sudi röyxatdan ötişni qayta oçiş böyiça Davlat departamentiga muddat belgilaganiga qaramay, Donald Tramp ma’muriyati uşbu qaror ustidan şikoyat kiritgani haqida xabar berilgan edi.