Gukeş — Sindarov: 2026-yilgi jahon çempionati haqida nimalar ma’lum

eʼlon qilindi
Gukeş — Sindarov: 2026-yilgi jahon çempionati haqida nimalarni biliş kerak
Manba: FIDE

Şaxmat olamining eng katta voqealaridan biri — amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş va özbekistonlik da’vogar Javohir Sindarov örtasidagi jahon çempionligi jahon toji 24-noyabr kuni Jenevada boşlanadi.

Har ikki şaxmatçi birinçi partiya kuni 20 yoşda böladi. FIDE bu qarama-qarşilikni jahon çempionatlari tarixidagi eng yoş final deb atamoqda.

Jahon toji Şveytsariyaning Jeneva şahri yaqinidagi Koloni hududida joylaşgan Fondation Martin Bodmer majmuasida ötkaziladi. Oçiliş marosimi 22-noyabrga, birinçi partiya 24-noyabrga rejalaştirilgan. Agar 14 klassik partiyadan keyin hisob teng bölsa, 12-dekabr kuni tay-breklar ötkaziladi.

Sindarov bu bahsgaça qanday yetib keldi

Javohir Sindarov jahon çempionligi uçun bahsga yölni 2025-yilgi FIDE Jahon kubogidagi ğalaba orqali oçdi.

Bu natija unga Nomzodlar turnirida iştirok etiş huquqini berdi. 2026-yil 28-martdan 16-aprelgaça Kiprda ötkazilgan turnirda Sindarov 14 partiyadan 10 oçko jamğardi, olti ğalaba qozondi va birorta ham mağlubiyatga uçramadi.

U ikkinçi örinni egallagan Aniş Giridan 1,5 oçko oldinda böldi va turnirni muddatidan oldin, 13-turdayoq yutdi.

Sindarov grossmeyster unvonini 12 yoşida olgan. Endi esa u faoliyatidagi eng katta sinov — jahon şaxmat tojini qölga kiritiş uçun kuraş oldida turibdi.

Gukeş çempionlikni himoya qiladi

Dommaraju Gukeş amaldagi jahon çempioni sifatida bahsga kiradi. U 2024-yilda Singapurda Din Lijenga qarşi jahon çempionligi bahsida ğalaba qozonib, 18 yoşida jahon çempioniga aylangan.

Şu sabab bu dagi eng katta farqlardan biri tajriba bölişi mumkin. Gukeş allaqaçon jahon çempionligi bellaşuvini ötkazgan, Sindarov esa bunday formatda ilk bor iştirok etadi.

Şu bilan birga, Sindarov 2026-yil davomida klassik şaxmatda juda yuqori natijalarni qayd etdi va bahs oldidan reyting böyiça ham raqibidan oldinda turibdi.

Reyting böyiça ustunlik Sindarovda

Noyabr oyidagi FIDE reytingida Sindarov 2782 ball bilan dunyoda 4-örinda turibdi. Gukeş esa 2710 reyting oçkosi bilan 26-örinni egallagan. Ikki şaxmatçi örtasidagi farq 72 reyting oçkosini taşkil qiladi.

Sindarovning 2026-yildagi dastlabki törtta yirik klassik turnirdagi örtaça körsatkiçi 2837 darajasida bölgan.

Ularning klassik şaxmatdagi şaxsiy uçraşuvlari ham hozirça Sindarov foydasiga: uç partiyada u ikki marta ğalaba qozongan, yana bir uçraşuv durang bilan yakunlangan.

Sindarov 2018-yilgi Moscow Open va 2022-yilgi Şarjah Masters turnirlarida Gukeşni mağlub etgan. 2026-yil yanvaridagi Tata Steel turniridagi öyin esa durang bölgan.

Bellaşuv formati qanday

Jahon çempionligi bahsi köpi bilan 14 klassik partiyadan iborat böladi.

Birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi. Agar bu körsatkiç 14-partiyadan oldin qölga kiritilsa, qolgan uçraşuvlar ötkazilmaydi. Birinçi uç partiya 24, 25 va 26-noyabr kunlari ötkaziladi. 27-noyabr dam oliş kuni böladi.

Şundan söng yana uç partiyadan iborat bloklar va dam oliş kunlari navbatma-navbat davom etadi. 14-partiya 11-dekabrga rejalaştirilgan.

Agar hisob 7:7 bölsa, 12-dekabr kuni tay-brek ötkaziladi.

Vaqt nazorati qanday böladi

Har bir şaxmatçiga dastlabki 40 yuriş uçun 120 daqiqa beriladi.

40-yurişdan keyin qolgan partiya uçun yana 30 daqiqa qöşiladi. 41-yurişdan boşlab har bir yurişga qöşimça 30 soniya beriladi.

Tomonlar birinçi partiyadan oldin ranglarni qur’a orqali aniqlaydi. Birinçi partiyada oq donalarda öynagan şaxmatçi barça toq sonli partiyalarda oq, juft sonli partiyalarda esa qora donalarda öynaydi.

Tezkor durangga ruxsat berilmaydi

Bahs reglamentida tezkor duranglar ham çeklangan.

Şaxmatçilar qora donalarda öynayotgan tomonning 40-yurişigaça özaro kelişib durang qayd eta olmaydi.

Bu vaqtgaça durang faqat uç karra takrorlaniş yoki pat holati yuzaga kelganda, boş hakam yoki uning örinbosari orqali rasmiylaştirilişi mumkin.

7:7 bölsa nima böladi

Agar 14 klassik partiyadan keyin hisob teng qolsa, ğolib tezkor şaxmat orqali aniqlanadi.

Dastlab har biriga 15 daqiqa va har yurişga 10 soniya qöşiladigan törtta rapid partiya ötkaziladi. Agar hisob yana teng bölsa, 10+5 formatidagi ikki partiya öynaladi.

Şundan keyin ham ğolib aniqlanmasa, 3+2 formatidagi ikki blitz partiya böladi.

Agar bunda ham tenglik saqlansa, ğolib aniqlangunça 3+2 formatidagi bittadan partiyalar ötkaziladi va har safar ranglar almaştiriladi.

Mukofot jamğarmasi $2,5 mln

Bahsning umumiy mukofot jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil qiladi. Har bir ğalaba uçun şaxmatçi $200 ming oladi. Qolgan pul teng taqsimlanadi.

Agar bellaşuv tay-breklarda hal qilinsa yoki klassik qism juda kiçik farq bilan yakunlansa, ğolib $1,3 mln, mağlub bölgan şaxmatçi esa $1,2 mln oladi.

Bunday tizim şaxmatçilarni faolroq va tavakkalroq öynaşga ham undaydi.

Kimning tajribasi köproq

Raqamlar va hozirgi forma Sindarov foydasiga bölsa-da, jahon çempionligi bellaşuvi oddiy turnirdan farq qiladi. Gukeş bunday bosimni allaqaçon boşdan keçirgan va 2024-yilda çempionlikni qölga kiritgan.

Garri Kasparov ham aynan şu omilni Gukeşning asosiy afzalliklaridan biri sifatida körsatgan. Sindarov esa ilk bor bunday formatda öynaydi, biroq uning 2025–2026-yillardagi natijalari, reytingi va barqarorligi unga katta işonç bermoqda.

Murabbiylar ştabi ham muhim rol öynaydi

Sindarov uzoq yillik murabbiyi, xalqaro master Roman Vidonyak bilan işlaydi.

Gukeş ştabida esa Grzegorz Gajewski bor. Har ikki tomon yana bir qator kuçli grossmeysterlarni tayyorgarlik jarayoniga jalb qilişi kutilmoqda, biroq töliq jamoalar hozirça rasman oçiqlanmagan.

Sindarov 8-dekabr kuni 21 yoşga töladi

Bahsning yana bir qiziq jihati — Sindarov 8-dekabr kuni, 12-partiya ötkazilişi rejalaştirilgan kuni 21 yoşga töladi.

Demak, jahon çempionligi bahsining asosiy qismi davomida har ikki şaxmatçi 20 yoşda böladi.

Bu esa Jenevadagi qarama-qarşilikni nafaqat sport nuqtai nazaridan, balki şaxmat tarixidagi avlod almaşinuvi sifatida ham alohida voqeaga aylantiradi.

Birinçi partiya 24-noyabrda

Gukeş va Sindarov örtasidagi birinçi partiya 24-noyabr kuni Jenevada boşlanadi.

Bu bahsda amaldagi jahon çempioni öz unvonini himoya qilsa, Sindarov Özbekiston tarixida ilk bor klassik şaxmat böyiça jahon çempioni böliş uçun kuraşadi.

Bellaşuv 11-dekabrgaça davom etişi mumkin, zarurat tuğilsa, 12-dekabr kuni tay-breklar va yopiliş marosimi ötkaziladi.

Turnir jadvali

SanaKunTadbir
22-noyabrYakshanbaMedia kuni va ochilish marosimi
23-noyabrDushanbaMedia kuni va texnik yig‘ilish
24-noyabrSeshanba1-partiya
25-noyabrChorshanba2-partiya
26-noyabrPayshanba3-partiya
27-noyabrJumaDam olish kuni
28-noyabrShanba4-partiya
29-noyabrYakshanba5-partiya
30-noyabrDushanba6-partiya
1-dekabrSeshanbaDam olish kuni
2-dekabrChorshanba7-partiya
3-dekabrPayshanba8-partiya
4-dekabrJuma9-partiya
5-dekabrShanbaDam olish kuni
6-dekabrYakshanba10-partiya
7-dekabrDushanba11-partiya
8-dekabrSeshanba12-partiya
9-dekabrChorshanbaDam olish kuni
10-dekabrPayshanba13-partiya
11-dekabrJuma14-partiya
12-dekabrShanbaTay-breklar (zarurat bo‘lsa) va yopilish marosimi

Avvalroq Gukeş bölajak raqibi Javohir Sindarovning şaxmatga munosabati unga ilhom berişini aytgan edi.

Shuningdek