Imron Xon tibbiy yordam sörab Oliy sudga murojaat qildi

Pokistonning sobiq boş vaziri Imron Xon özi va turmuş örtoği Buşra Bibiga şoşilinç tibbiy yordam körsatilişini sörab mamlakat Oliy sudiga murojaat qildi. Bu haqda DW Reuters ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Xonning advokati orqali sudga yuborilgan oçiq maktubda şifokorlar sobiq boş vazirda miya qon ketişi va yurak töxtaşi xavfi borligi haqida ogohlantirgani, uning qon bosimi keskin kötarilgani aytiladi.
«Tirik qolsamgina aybsizligimni isbotlay olaman»
Maktub Imron Xonning Pokiston Tehrik-e-Insaf partiyasi va advokati Salmon Safdar tomonidan jamoatçilikka e’lon qilingan.
«Bugun men faqat turmuş örtoğim va menga davolaniş imkoniyati berilişini sörayman», — deyiladi maktubda.
Xon sudyalardan «keç bölmasidan oldin adolat» söragan.
«Men faqat tirik qolsamgina aybsizligimni isbotlay olaman», — deb yozgan sobiq boş vazir.
Buşra Bibiga köz operatsiyasi kerak
Imron Xonning sözlariga köra, uning turmuş örtoği Buşra Bibi ham közida qöşimça operatsiya ötkazişi kerak.
Agar jarrohlik amaliyoti amalga oşirilmasa, u köriş qobiliyatini yöqotiş xavfi ostida qolişi mumkinligi aytilmoqda. Buşra Bibi ham korrupsiya bilan boğliq iş böyiça qamoq jazosini ötamoqda.
Hukumat Xonning bayonotiga qöşilmayapti
Avvalroq sud Imron Xonni Islomoboddagi şifoxonaga köçiriş haqida qaror çiqargan. Sobiq boş vazir esa rasmiylar mazkur qarorni bajarmaganini da’vo qilmoqda.
Hukumat, şuningdek, Xon yakka tartibdagi kamerada saqlanayotgani haqidagi da’volarni rad etgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2023-yilda qamoqqa olinganidan buyon Imron Xon bilan 900 dan ortiq uçraşuv qayd etilgan.
Xon 2023-yildan beri qamoqda
Imron Xon 2023-yildan beri korrupsiya bilan boğliq işlar böyiça qamoqda qolmoqda. U öziga qöyilgan ayblovlarni siyosiy sabablar bilan boğlaydi. Pokiston hukumati esa bu da’volarni rad etadi.
Şunga qaramay, Xon mamlakatdagi eng maşhur siyosiy arboblardan biri bölib qolmoqda. Uning Pokiston Tehrik-e-Insaf partiyasi sobiq boş vazirni ozod qilişni talab qilib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Pokistonda politsiyaga hujum qilingani haqida yozgan edi.