Mahalla raisi pora bilan uşlandimi — IIV va hokimlikning gapi bir-biriga zid

Foto: IIV
Toşkentning Yaşnobod tumanida mahalla raisining 900 dollar olayotganida qölga olingani haqidagi xabar ikki davlat idorasi örtasida ziddiyatli bayonotlarni keltirib çiqardi. Içki işlar vazirligi (IIV) raisga nisbatan firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan bölsa, tuman hokimligi jinoyat alomatlari aniqlanmaganini bildirdi. Keyinçalik hokimlik uşbu rasmiy munosabatni Telegram kanalidan öçirib yubordi.
IIV mahalla raisi 900 dollar olayotganida qölga olinganini ma’lum qildi
16-noyabr kuni IIV Yaşnobod tumanida mahalla raisi tadbirkordan 900 dollar olayotgan vaqtida qölga olingani aks etgan videolavhani e’lon qildi.
Vazirlik xabariga köra, «Moxirlar» mahallasi raisi tadbirkorga tuman hududidagi binodan joy ajratib beriş va şartnoma rasmiylaştiriş evaziga pul talab qilgan. Holat yuzasidan firibgarlik moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgani bildirilgan.
Hokimlik jinoyat alomatlari aniqlanmaganini aytdi
Şundan söng, Yaşnobod tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlikning ma’lum qilişiça, bahsli holatga sabab bölgan joy davlat mulki emas. U tumandagi savdo majmuasining ikkinçi qavatida joylaşgan bölib, mahalla raisining otasiga mulk huquqi asosida tegişli ekani rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan.
Tuman hokimligi suriştiruv natijasida jinoyat alomatlari aniqlanmaganini ta’kidlagan. Şuningdek, munosabatda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilmagani, heç kim javobgarlikka tortilmagani va mahalla raisi xizmat faoliyatini davom ettirayotgani aytilgan.
Hokimlik fuqarolarni hodisa tafsilotlarini örganmasdan turib, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqirgan.
Hokimlik rasmiy munosabatini öçirib yubordi
E’tiborli jihati, hokimlik tomonidan e’lon qilingan rasmiy munosabat keyinçalik uning Telegram kanalidan öçirib yuborildi.

Hozirça taqdim etilgan materiallarda IIVning dastlabki xabari bilan hokimlikning raddiyasi örtasidagi tafovutga izoh berilmagan. Şuningdek, hokimlik nima sababdan öz rasmiy bayonotini öçirib yuborgani ham oçiqlanmagan.
Avvalroq Farğona viloyatining Beşariq tumanida hokim yordamçisi fuqaroga 150 mln sömlik kredit ajratib beriş evaziga iPhone 17 Pro Max olgan vaqtida uşlangandi.