Netanyahu davlat töntarişiga urinişda ayblandi

Isroil muxolifati mamlakatning amaldagi boş vaziri Binyamin Netanyahu va uning idorasini saylov jarayoniga aralaşişga urinişda aybladi. Siyosiy raqiblar arab partiyasi a’zolariga qarşi soxta ayblovlar uyuştirilgani haqidagi xabarlarni «davlat töntarişiga uriniş» deb atab, tergov ötkazişni talab qilmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Muxolifat yetakçisi Yair Lapid ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida voqea saylovni buzişga urinişdan ham jiddiyroq ekanini ta’kidladi.
«Borgan sari köproq tafsilotlar oşkor bölayotgani sari bu saylovga xalaqit berişga uriniş emas, balki davlat töntarişiga uriniş bölgani ayonlaşmoqda», – deb yozdi u.
Netanyahu idorasi arab partiyasi a’zolariga qarşi ayblov uyuştirganmi
Isroilning Channel 12 telekanali xabariga köra, oktabr oyidagi saylov arafasida Netanyahuning devonxona rahbari Ido Norden Ra’am partiyasi a’zolari ustidan politsiyaga şikoyat qilgan.
U politsiyani Netanyahu idorasining sobiq xodimi bölgan va göyoki razvedka ma’lumotlariga ega manbaga yönaltirgan. Uşbu ma’lumotlar asosida Ra’am partiyasining uç nafar a’zosi hibsga olingan. Biroq keyinçalik politsiya ayblovlar asossiz ekanini aniqlab, ularni ozod qilgan.
Bundan taşqari, Haaretz naşri Şin Bet içki xavfsizlik xizmati rahbari Arablar boşçiligidagi Birlaşgan röyxat (Joint List) yetakçilarini yaşirin tinglaşga uringani haqida yozdi. Biroq boş prokuror dalillar yetarli emasligi sababli bunga ruxsat bermagan.
Isroil politsiyasi qaror qabul qiliş va ma’lumotlarni uzatiş jarayonini qayta körib çiqişini bildirdi. Netanyaxuning Likud partiyasi esa OAV xabarlarini rad etdi.
Netanyahu muxolifatning özini saylovda firibgarlikda ayblagan edi
27-oktabrda ötkazilgan parlament saylovida arab partiyalari Knessetda jami 19 ta örinni qölga kiritdi. Bu ular uçun rekord natija böldi. Şundan söng Netanyahu arab partiyalarini saylovda firibgarlik qilişda ayblagan edi.
Birlaşgan röyxat yetakçisi Yusuf Jabareen ham Netanyahuni davlat töntarişiga urinişda aybladi. Ra’am partiyasi rahbari örinbosari, sobiq politsiya boşliği Yoav Segalovitz esa zudlik bilan tergov boşlaşga çaqirdi.
Netanyahuning asosiy siyosiy raqibi Gadi Eisenkot boş vazirni Isroil demokratiyasiga bevosita tahdid solayotgan şaxs sifatida ta’rifladi.
Saylovdan keyin Netanyahu bloki ham, Eisenkot boşçiligidagi muxolifat ham hukumat tuziş uçun zarur bölgan 61 ta deputatlik örnini qölga kirita olmadi. Biroq Birlaşgan röyxat va Ra’am partiyalari Eisenkot boşçiligidagi koalitsiyani qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Eron böyiça telefon orqali suhbatda keskin tortişib qolgandi.