Ömon Sultoni Mirziyoyev şarafiga rasmiy qabul ötkazdi — foto
eʼlon qilindi
Marosimda ikki mamlakat deleatsiyalari qatnaşdi

Masqat şahridagi «Al-A’lam» saroyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said tomonidan rasmiy qabul marosimi ötkazildi. Tadbir Özbekiston prezidentining Ömonga davlat taşrifi doirasida taşkil etildi.


Marosimda ikki mamlakat deleatsiyalari qatnaşdi
Rasmiy qabulda Özbekiston va Ömon rasmiy delegatsiyalari a’zolari, Ömon hukmron oilasi vakillari, yuqori martabali davlat arboblari hamda sultonlikda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari iştirok etdi.

Marosim ikki davlat rahbarlarining Masqatdagi muzokaralari oldidan ötkazildi. Şavkat Mirziyoyevning Ömonga davlat taşrifi 16–17-noyabr kunlariga möljallangan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Şavkat Mirziyoyev Ömon sultoni bilan iqtisodiy masalalarni gaplaşgani haqida yozgan edi.