Chevrolet Özbekiston bozoridagi örnini yöqotmoqda: Xitoy brendlari uluşi 18,4 foizga yetdi

2026-yil yanvar–oktabr oylarida Chevrolet Özbekiston avtomobil bozorida 74% uluş bilan yetakçilikni saqlab qoldi. Şu bilan birga, Xitoy avtomobil brendlarining umumiy uluşi 18,4 foizga yetib, ularning sotuvi bir yil içida 48,2 foizga oşdi. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
2026-yil oktabr oyida Özbekistonda 36,2 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025-yil oktabriga nisbatan qariyb 12 foizga kam, sentabr oyiga nisbatan esa 6,3 foizga köp.
Yanvar–oktabr oylarida jami 318,9 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 ming donaga yoki 6,5 foizga kam.
Chevrolet bozor yetakçisi bölib qolmoqda
Ön oy yakuniga köra, Chevrolet Özbekiston avtomobil bozorida 74% uluş bilan yetakçilikni saqlab qoldi. Biroq kompaniya uluşi bir yil içida 7,8% punktga kamaygan.
Ikkinçi örinni 12,3% uluş bilan ADM Global egalladi. Uning uluşi 1,5% punktga oşgan. BYD esa 10,7% uluş bilan uçinçi örinda qayd etildi. Kompaniya uluşi bir yil içida 5,1% punktga yetgan.
Xitoy brendlari sotuvi 48 foizdan köp oşdi

2026-yilning ön oyida Xitoy avtomobil brendlarining umumiy bozor uluşi 18,4 foizni taşkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,8% punktga köp. Bozor umumiy hisobda qisqarganiga qaramay, Xitoy avtomobillari sotuvi 48,2 foizga oşgan.
Oktabrda sentabrga nisbatan Soueast sotuvi 75,3%, Geely 29,8%, Chevrolet 13,4% va Chery 9,1 foizga oşgan. Eng katta pasayiş Deepal’da — 62,7%. Changan sotuvi 61,3%, Li Xiang 51,4% va Haval 47,1 foizga kamaygan.
Cobalt sotuvi eng köp oşdi
Modellar kesimida sentabrga nisbatan eng katta ösiş Chevrolet Cobalt’da qayd etildi — sotuv 2,2 ming donaga köp oşgan.
Chevrolet Damas sotuvi 1,8 ming donaga, BYD Song Plus DM-i Champion 496 donaga, BYD Yuan Up DM-i 246 donaga va Soueast S08 DM 195 donaga oşgan.
Eng katta pasayiş esa BYD Chazor Champion’da kuzatildi — sotuv 820 donaga kamaygan. Kia Sonet 506 dona, Chevrolet Tracker 456 dona, Haval Jolion 325 dona va Chevrolet Labo 268 dona kamayiş qayd etgan.
Eng köp avtomobil Toşkentda sotildi
2026-yil yanvar–oktabr oylarida hududlar orasida eng köp yangi avtomobil Toşkent şahrida sotilgan — 92,6 ming dona. Keyingi örinlarda Samarqand viloyati — 25,9 ming dona va Farğona viloyati — 25,1 ming dona bilan qayd etilgan.
Eng kam sotuv Sirdaryo viloyatida — 4,9 ming dona va Qoraqalpoğistonda — 9,4 ming dona bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker uçun çegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Tracker modellari uçun çegirma 47 mln sömgaça, Onix uçun esa 25 mln sömgaça yetadi