Özbekiston Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mağlub etdi

eʼlon qilindi
Ali Lajami 51-daqiqada qizil kartoçka oldi
Foto: UFA

Özbekiston milliy terma jamoasi 17-noyabr kuni Qatarning Doha şahrida Saudiya Arabistoniga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

Uçraşuv «Jassim bin Hamad» stadionida bölib ötdi. Bahsda Özbekistonning ikkala golini ham Şerzod Esanov urdi. U 19-daqiqada hisobni oçgan bölsa, 35-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini işğol qilib, jamoasini oldinga olib çiqdi.

Saudiya Arabistoni 23-daqiqada Firas Al-Buraikanning goli evaziga hisobni tenglaştirdi. Biroq birinçi bölim yakuniga qadar Esanovning ikkinçi goli Özbekistonni yana oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölimda Saudiya Arabistoni futbolçisi Ali Lajami 51-daqiqada qizil kartoçka oldi va mezbonlar uçraşuvning qolgan qismini bir kişi kam bölib ötkazdi.

Şu tariqa Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi ikkinçi örtoqlik uçraşuvida Saudiya Arabistonini mağlub etdi. Avvalgi bahsda jamoa Rossiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Avvalroq Özbekiston milliy futbol terma jamoasi Rossiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida 2:3 hisobida mağlub bölganidan söng FIFAning jonli reytingida ikki poğona pastlab, 61-öringa tuşgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek