Özbekiston va Ömon örtasida özaro vizadan ozod qiliş böyiça hujjat imzolandi

eʼlon qilindi
Kelişuvlar axborot texnologiyalari, uy-joy va şaharsozlik, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, ekologiya, mehnat, ta’lim, madaniyat va sport sohalariga oid
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston va Ömon örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan 30 dan ortiq ikki tomonlama hujjat qabul qilindi. Ular orasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim ham bor. Hujjatlar 17-noyabr kuni Maskat şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said huzurida almaşildi.

Strategik şeriklik töğrisidagi bitim ikki mamlakat munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş va hamkorlikning turli yönalişlarini rivojlantirişni nazarda tutadi.

Bundan taşqari, tomonlar vizasiz tartib, sanoat kooperatsiyasi, moliya, iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona va transport-logistika sohalarida hamkorlik qiliş böyiça hujjatlarni qabul qildi.

Kelişuvlar axborot texnologiyalari, uy-joy va şaharsozlik, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, soğliqni saqlaş, ekologiya, mehnat, ta’lim, madaniyat va sport sohalarini ham qamrab oladi.

Şuningdek, davlat boşqaruvi, davlat xizmati va arxivlaştiriş yönalişlarida ham hamkorlikni rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Avvalroq Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek