Özbekiston va Ömon strategik şeriklik örnatdi

Özbekiston va Ömon örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev va Ömon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqatdagi «Al-A’lam» saroyida tor doirada uçraşuv hamda rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokaralar ötkazdi.
Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalarini muhokama qildi.
Investitsiya kompaniyasi kapitali $500 mlnga yetkaziladi
Muzokaralarda savdo, investitsiya, transport va logistika, energetika, elektrotexnika, kimyo va toğ-kon sanoati, şaharsozlik, turizm, qişloq xöjaligi, kosmik tadqiqotlar va raqamlaştiriş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.
Qöşma loyihalarni ilgari suriş uçun Özbekiston – Ömon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki barobar oşirib, $500 mln ga yetkaziş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Ömon mablağlari iştirokida taşkil etilgan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya jamğarmasi faoliyatini tez fursatlarda yölga qöyiş muhimligi qayd etildi.
Savdo va investitsiyalar hajmi oşmoqda
Tomonlar sönggi yillarda siyosiy muloqot va idoralararo aloqalar faollaşgani, tovar ayirboşlaş hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotganini ta’kidladi.
Oliy darajadagi taşrif arafasida Masqatda Hukumatlararo komissiyaning oltinçi yiğilişi, şuningdek, qator biznes va madaniy tadbirlar ötkazilgan.
2026-yil iyulidan Toşkent va Masqat örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgani ham yuqori baholandi.
Madaniyat va yoşlar aloqalari kengaytiriladi
Muzokaralarda madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham körib çiqildi.
Tomonlar madaniyat va san’at haftaliklarini ötkaziş, yoşlar forumini taşkil etiş, noyob qölyozmalarni raqamlaştiriş va birgalikda tadqiq etiş, şuningdek, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatişni maqsadga muvofiq deb topdi.
Muvofiqlaştiruvçi kengaş tuziladi
Ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Ömon örtasidagi an’anaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötariş böyiça qaror qabul qildi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş uçun alohida «yöl xaritasi»ni qabul qiliş va Muvofiqlaştiruvçi kengaş mexanizmini işga tuşirişga kelişib olindi.
Muzokaralarda BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati va «Körfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo» formatida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Ömon sultonini Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişga taklif qildi.
Avvalroq «Kursiv» Ömon Sultoni Mirziyoyev şarafiga rasmiy qabul ötkazgani haqida yozgan edi.