Qaşqadaryodagi drenaj tizimi böyiça Suv xöjaligi vaziriga parlament sörovi yuborildi

Özbekistonda oçiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga ötkaziş işlarida keçikişlar kuzatilmoqda. Xususan, Qaşqadaryo viloyatida 2026-yil uçun rejalaştirilgan 150 kilometr drenaj va kollektor tarmoqlari yopiq tizimga ötkazilmagan. Şu sababli Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamrayevga parlament sörovi yubordi.
2026 – 2028-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda jami 10 ming kilometr uzunlikdagi oçiq drenaj va kollektor tarmoqlarini yopiq tizimga ötkaziş rejalaştirilgan. Biroq deputatlarning hududlardagi örganişlari ayrim joylarda işlar belgilangan jadvaldan ortda qolayotganini körsatgan.
Jumladan, Qaşqadaryo viloyatida 2026-yilgi reja böyiça 150 kilometr uzunlikdagi drenaj va kollektorlar yopiq tizimga ötkazilişi kerak edi. Ammo taşabbuskorlardan takliflar kelib tuşmagani sababli bu işlar bajarilmagan. Şunga öxşaş holatlar boşqa hududlarda ham kuzatilmoqda.
Deputatlar, şuningdek, loyihalar amalga oşirilguniga qadar va undan keyingi sizot suvlari sathi, tuproqning şörlanişi hamda qayta foydalanişga qaytarilgan yer maydonlari haqidagi ma’lumotlar jamoatçilikka yetarli darajada oçiq e’lon qilinmayotganiga e’tibor qaratgan.
Vazirdan qanday izoh söralmoqda
Parlament sörovida Suv xöjaligi vaziridan uç yillik dastur ijrosidagi keçikişlar sababi va ularni bartaraf etiş çoralari böyiça tuşuntiriş beriş söralgan.
Şuningdek, hududiy rejalarning bajarilişi, loyihalarga ajratilgan mablağlardan samarali foydalaniş, fuqarolar murojaatlarini hal etiş va amalga oşirilgan işlar natijalarini jamoatçilikka yetkaziş masalalari yuzasidan ham izoh talab qilingan.
Ma’lumot uçun, 2025-yilda mamlakatda 303 kilometr, 2026-yilning birinçi yarmida esa 170 kilometr uzunlikdagi kollektor va drenaj tarmoqlarini quriş hamda rekonstruksiya qiliş işlari yakunlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlangani haqida xabar berilgandi. Hayvonot boği mutaxassisining videodagi izohiga köra, timsoh qattiq sovqotgan va oğir holatda bölgan. U hayvonot boğining karantin bölimiga olib kelingan va maxsus suv havzasiga joylaştirilgan.