Surxondaryo va Qaşqadaryo örtasidagi çegara tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Yer maydonlarining yaxlitligi saqlanadi
Qarshi shahri
Foto: Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari örtasidagi umumiy uzunligi 209,15 kilometr bölgan ma’muriy-hududiy çegara çiziğini tasdiqlaş töğrisidagi qaror loyihasini qabul qildi.

Çegaralarni belgilaşda zamonaviy kartografik materiallar, aerosuratlar va davlat koordinatalari tizimiga boğlangan topografik xaritalardan foydalanilgan.

Yer maydonlarining yaxlitligi saqlanadi

Çegara çiziqlari yaylov va lalmi yer maydonlarini bölib yubormaslik, ularning yaxlitligini saqlaş hamda tabiiy relef elementlarini hisobga oliş tamoyili asosida işlab çiqilgan.

Bu yer munosabatlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan tuşunmovçiliklarning oldini olişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Kadastr ma’lumotlari aniqlaştiriladi

Qarorning qabul qilinişi tuman va şaharlar hududlarini aniq belgilaş, yer va köçmas mulk obyektlarini hisobga oliş hamda kadastr ma’lumotlarining işonçliligini oşiriş uçun huquqiy asos yaratadi.

Şuningdek, bu fuqarolar va tadbirkorlarga yer hamda kadastr masalalarida xizmat körsatişdagi noqulayliklarni kamaytiriş va davlat organlari örtasidagi hududiy vakolatlarni aniqlaştirişga yordam berişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkmaniston bilan çegaradagi postda yangi köprik qurilişi rejalaştirilayotgandi.

Shuningdek