Toşkentda ota ikki voyaga yetmagan qiziga jinsiy zöravonlik sodir etdi

eʼlon qilindi
Oilaga yordam taklif qilingan
Foto: Kt.kz

Toşkentda ikki voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani haqidagi murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligining şahar boşqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Holat yuzasidan şahar prokuraturasi protsessual harakatlarni olib bormoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent şahar boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga köra, fuqaro J.N. murojaatida turmuş örtoği M.A. tomonidan uning ikki nafar voyaga yetmagan qiziga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilganini bildirgan. Murojaatda qizlarning biri 2014-yilda, ikkinçisi esa 2021-yilda tuğilgani qayd etilgan.

Gumonlanuvçi qamoqqa olingan

Agentlik ma’lumotiga köra, holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tegişli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Jinsiy zöravonlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirça iş böyiça boşqa tafsilotlar, jumladan, hodisaning qaçon va qayerda sodir bölgani hamda tergovning boşqa natijalari oçiqlanmagan.

Oilaga yordam taklif qilingan

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari oila bilan boğlanib, unga psixologik va yuridik yordam körsatişni taklif qilgan.

Biroq murojaatçi ayol bolalarning holati va oilaviy vaziyatdan kelib çiqib, hozirça uşbu xizmatlardan foydalanişni ixtiyoriy ravişda rad etgan.

Agentlikning ta’kidlaşiça, holat böyiça tegişli idoralar tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda iş olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli qizaloqqa nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etganlikda ayblanayotgan 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri böyiça jinoyat işi sudga yuborilgandi.

Shuningdek