Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlandi

Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi topilib, xavfsiz tarzda uşlandi. Jonivor reabilitatsiya qiliş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qildi.
Qömita tizimidagi Ekohudud va ovçilikni rivojlantiriş departamentiga kanalda timsoh borligi haqida murojaat kelib tuşgan. Şundan söng holat Qömita va Toşkent hayvonot boği mutaxassislari bilan birgalikda örganilgan. Xabar tasdiqlanib, sudralib yuruvçi jonivor tutib olingan.
Timsoh oğir ahvolda topilgan

Hayvonot boği mutaxassisining videodagi izohiga köra, timsoh qattiq sovqotgan va oğir holatda bölgan. U hayvonot boğining karantin bölimiga olib kelingan va maxsus suv havzasiga joylaştirilgan. Suv harorati bosqiçma-bosqiç kötarilib, qöşimça isitish uçun maxsus çiroqlar örnatilgan.
Hozir timsohning holati örtaça qoniqarli deb baholanmoqda, biroq uning töliq tiklanişi uçun yana vaqt kerak. Mutaxassislar jonivorning organizmi qançalik tiklana olişini hozirça aniq aytish qiyinligini bildirgan.
Nil timsohi Özbekiston suvlarida yaşab keta olmaydi
Hayvonot boği mutaxassislariga köra, Nil timsohi Özbekistondagi daryo va kanallarda mustaqil ravishda yaşab keta olmaydi. Bunga ayniqsa kuz-qiş oylaridagi sovuq suv sabab böladi. Ayrim joylarda suv harorati 5 darajadan ham pastga tuşadi, bu esa mazkur tur uçun mos emas.
Şu sabab timsohlar mahalliy suv havzalarida köpayib, katta ölçamlarga yetib ketishi mumkinligidan xavotirlanishga asos yöq, deya ta’kidlangan.
Timsoh kanalga qanday kelib qolgani örganilmoqda
Hozirda Nil timsohi Özbekiston suv havzasiga qanday kelib qolgani aniqlanmoqda. Nil timsohi timsohlar turkumining eng yirik va xavfli vakillaridan biri hisoblanadi. U tabiiy şaroitda Afrikaning çuçuk suvli daryo, köl va botqoqliklarida yaşaydi.
Timsohlarni uy şaroitida saqlaş taqiqlangan
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga köra, jismoniy şaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni, jumladan timsohlarning barça turlarini tutqunlikda yoki sun’iy yaratilgan yaşaş muhitida saqlaş taqiqlanganini eslatdi. Ulardan sirk tomoşalarida foydalaniş ham man etilgan.
Avvalroq Toşkent hayvonot boğida jirafa halok bölgani haqida xabar berilgan edi.