Xakerlar qariyb 150 ming Uber haydovçisining ma’lumotlarini öğirladi

Uber’ning texnologik pudratçisi Fireworks AI tizimiga qilingan kiberhujum oqibatida qariyb 150 ming haydovçining şaxsiy ma’lumotlari öğirlandi. Bu haqda TeçCrunç xabar berdi.
Öğirlangan ma’lumotlar orasida haydovçilarning ism-şarifi, manzili, tuğilgan sanasi va haydovçilik guvohnomasi raqamlari bölgan.
149 mingdan ortiq kişi jabrlangan
Uber hodisa haqida 2026-yil 9-oktabr kuni xabar topgan. Xakerlar Fireworks AI tizimlarini buzib, kompaniya xodimlarining içki hisob ma’lumotlarini qölga kiritgan. Şu orqali ular pudratçi mijozlari, jumladan Uber’ga tegişli ayrim ma’lumotlarga kira olgan.
Uber Oregon ştati boş prokuroriga yuborgan bildirişnomasida sizib çiqişdan 149 346 kişi zarar körganini ma’lum qilgan.
Kompaniya ma’lumotlari öğirlangan bölişi mumkin bölgan haydovçilarni xabardor qilişni boşlagan.
Himoya tizimi nega işlamagan
Fireworks AI dasturçilarga oçiq vaznli sun’iy intellekt modellaridan foydalaniş imkonini beradigan texnologik kompaniya hisoblanadi.
Uber ma’lumotiga köra, uning xavfsizlik tizimi Fireworks AI infratuzilmasiga taşqi ruxsatsiz kirişni aniqlaşga moslangan edi.
Biroq xakerlar pudratçining öziga tegişli içki hisob ma’lumotlaridan foydalangani sabab avtomatik ogohlantirişlar işga tuşmagan.
Uber vakili TeçCrunç’ga ma’lumotlar sizib çiqişi uçinçi tomon yetkazib beruvçisi — Fireworks AI’dagi hodisa bilan boğliqligini tasdiqlagan.
Fireworks AI hujumni tan oldi
Fireworks AI ham öz tizimlariga ruxsatsiz kirilganini tasdiqlagan. Kompaniya taxminiga köra, hujum ortida katta til modellariga kiriş tokenlarini öğirlab, ularni sotişga qiziqqan kiberjinoyatçilar guruhi turişi mumkin.
Hozirça heç bir taniqli xakerlik guruhi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Xitoy AQŞni bitkoinlarni öğirlaşda ayblagani haqida yozgan edi.