Xorvatiyada 50 dan ortiq özbekistonlikka iş vizasi berilmadi

Xorvatiyada 50 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosiga iş vizasi berilmadi. Bunga ular taqdim etgan mehnat şartnomalarining soxta ekani sabab bölgan. Bu haqda Migratsiya agentligi Xorvatiya tomoni ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Agentlikka köra, ayrim holatlarda vakolatli organ alohida qaror qabul qilsa, soxta hujjat taqdim etgan şaxslarga Şengen hududiga bir neça yil davomida kiriş taqiqlanişi mumkin.
Şu sabab xorijda iş va’da qilayotgan kompaniya yoki vositaçiga pul tölaşdan oldin taklif etilayotgan xizmatlar va mehnat şartnomasini tekşiriş tavsiya etildi. Migratsiya agentligi viza olişning özi xorijda iş bilan ta’minlanişni kafolatlamasligini ham eslatdi.
Mehnat şartnomasini bepul tekşirtiş mumkin
Xorijga işga ketişni rejalaştirayotgan fuqarolar mehnat şartnomasini Migratsiya agentligi va ICMPD hamkorligida taşkil etilgan Migrantlar resurs markazida bepul tekşirtişi mumkin.
Murojaat uçun telefon raqami: +998 90 819-06-25. Agentlik fuqarolarni internetdagi «tayyor iş» haqidagi e’lonlar böyiça oldindan pul ötkazişdan oldin hujjatlarni tekşirişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya issiqxonalarida özbekistonliklar uçun 9 ta vakansiya oçilgani haqida xabar berilgandi.