Abbosbek Fayzullayev Batrakovning öyiniga yuqori baho berdi

18-noyabr 2026 12:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayev Batrakovning öyiniga yuqori baho berdi
Foto: Instagram/ @abbos.fs

Özbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi yarim himoyaçisi Abbosbek Fayzullayev rossiyalik futbolçi Aleksey Batrakovning öyiniga yuqori baho berdi.

Fayzullayevning aytişiça, «Galatasaroy» yarim himoyaçisi hozir yuqori saviyada öynamoqda.

«Uning darajasi juda yuqori. Buni barça öyinlarda, jumladan, «Galatasaroy» safida ham körsatmoqda. Uning öyinini tomoşa qiliş yoqimli, gol urganida ham xursand bölasan», – dedi Fayzullayev.

Fayzullayev va Batrakov yaqinda Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvida bir-biriga qarşi öynagan edi. Özbekiston 2:0 hisobida oldinga çiqqaniga qaramay, Rossiya ikkinçi bölimda uçta gol urib, 3:2 hisobida ğalaba qozongan.

Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi öyinda jarohat oldi

17-noyabr kuni Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvida jarohat oldi. Ikkinçi bölim boşida Saudiya Arabistoni himoyaçisi Ali Lajami unga nisbatan qöpol qoida buzdi va qizil kartoçka oldi. Fayzullayev esa jarohat sabab 54-daqiqada Aziz Amonovga almaştirildi.

Özbekiston mazkur uçraşuvda Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mağlub etdi. Şerzod Esanov birinçi bölimda dubl qayd etdi.

Hozirça Fayzullayevning jarohati qançalik jiddiy ekani va uning tiklaniş muddati haqida rasmiy batafsil ma’lumot e’lon qilinmagan.

Batrakov esa 2026-yil yozida Moskvaning «Lokomotiv» klubidan «Galatasaroy»ga ötgandi. Joriy mavsum Çempionlar ligasida u tört uçraşuvda tört gol urgan.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» Husanov jamoasi himoyaçisini sotmoqçi emasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek