
Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvida olgan jarohatidan söng çuqurlaştirilgan tibbiy tekşiruvdan ötkazildi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Tekşiruv natijalariga köra, futbolçining öng oyoq töpiq qismi şikastlangan.
ÖFA ma’lumotiga köra, ayni paytda Fayzullayevni imkon qadar tezroq safga qaytariş maqsadida terma jamoa va uning klubi tibbiy ştablari hamkorlikda zarur muolajalarni boşlagan.
Futbolçining tiklaniş muddati hozirça ma’lum qilinmagan.
Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarşi öyinda jarohat oldi
Fayzullayev 17-noyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Saudiya Arabistoniga qarşi ötkazilgan örtoqlik uçraşuvida jarohat olgan edi.
Ikkinçi bölim boşlanganda Saudiya Arabistoni himoyaçisi Ali Lajami Fayzullayevga nisbatan qöpol qoida buzdi. Hakam vaziyatni körib çiqib, saudiyalik futbolçiga toğridan toğri qizil kartoçka körsatdi. VAR tekşiruvidan keyin ham qaror özgarişsiz qoldi.
Jarohatdan söng Fayzullayev maydonni tark etdi. OAV xabarlariga köra, futbolçi keyinroq tibbiy tekşiruvdan ötkazilgan.
Özbekiston Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida yengdi
«Jassim bin Hamad» stadionida ötkazilgan bahsda Özbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
19-daqiqada Saudiya Arabistoni darvozabonining xatosidan foydalangan Şerzod Esanov hisobni oçdi. Oradan tört daqiqa ötib, Firas Al-Buraykan muvozanatni tikladi.
35-daqiqada esa Esanov yana bir bor raqib darvozasini işğol qilib, dubl qayd etdi va Özbekistonni ikkinçi marta oldinga olib çiqdi.
Ikkinçi bölimda Saudiya Arabistoni Ali Lajamining çetlaştirilişidan söng bir kişi kam bölib qoldi. Hisob esa öyin yakuniga qadar özgarmadi.
Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarini Saudiya Arabistoni ustidan ğalaba bilan yakunladi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Özbekiston terma jamoasi FIFA reytingida qanday özgargani haqida yozgan edi.