Alişer Qodirov boğçalarda rus va ingliz tillarida ta’lim berilişini tanqid qildi

«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov maktabgaça ta’lim muassasalari va xususiy ta’lim markazlarida bolalarga rus hamda ingliz tillarida ta’lim berilişini tanqid qildi. U bolalarga ona tilida ta’lim va tarbiya beriş muhimligini ta’kidladi.
Siyosatçi bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligining bolalarni maktabga tayyorlaşni majburiy qilişga oid qonun taşabbusi muhokamasida gapirdi.
Qodirov davlat tiliga e’tibor qaratişga çaqirdi
Deputatning fikriça, bolalarni maktabga tayyorlaşda faqat qamrov körsatkiçlariga emas, balki ularga qaysi tilda va qanday ta’lim berilayotganiga ham e’tibor qaratiş zarur.
«Xususiy ta’lim markazlari ingliz va rus tilida dars beryapti bolalarga. Maktablarimizda ham boşqa tilda oçilib ketyapti. Birinçi sinfga borsangiz, özbek tilida sinf topa olmaysiz. Nima emiş, ota-onalar tanlaganmiş. Davlat nima böladi? Davlat tili nima böladi? Milliy qadriyatimiz nima böladi?» – dedi Qodirov.
Uning fikriça, maktabgaça ta’lim kelajak avlodning milliy özligi va vatanparvarligini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega.
Maktabga tayyorlaş majburiy bölişi kerak
Qodirov olti yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş bilan töliq qamrab oliş taşabbusini qöllab-quvvatladi. U boğçaga bormaydigan bolalarni ota-onalari maktabdagi tayyorlov maşğulotlariga olib kelişlari majburiy bölişini taklif qildi.
«Qamrov haqida gapirmanglar bizga. Nima qilamiz, qanday qilib qamrab olamiz va nimani örgatamiz degan savol bölişi kerak. Qayerda örgatamiz degan savol bölişi kerak», – dedi deputat.
Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Qodirov Eron bilan boğliq bahs fonida fitnalarga berilmaslikka çaqirgandi. U xalqlar va davlatlar örtasidagi nozik tarixiy hamda madaniy masalalarni ijtimoiy tarmoqlarda kengroq nizolarga aylantirişga urinişlardan ehtiyot bölişga çaqirdi.