Aman Group Buxoroda turizm loyihalarini amalga oşirişi mumkin

Dunyoga maşhur kurort tarmoqlaridan biri – Aman Group hamda Capital Group kompaniyalari Buxoroda turizmni rivojlantiriş böyiça Özbekiston bilan hamkorlik qilişi mumkin. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
U Aman Group raisi Vladislav Doronin va Capital Group direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bilan uçraşib, Buxoroning sayyohlik salohiyatini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston xalqaro brendlar bilan hamkorlikka tayyor
Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, Özbekiston tarixiy merosni asrab-avaylaşga alohida e’tibor qaratadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlikka oçiq.
«Bunday taşabbuslar mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasiz», – dedi u.
Hozirça hamkorlik doirasida qanday loyihalar amalga oşirilişi, ularning qiymati va muddatlari haqida ma’lumot berilmadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Parijda Makron bilan yirik iqtisodiy loyihalarni muhokama qilgandi.