Kapital aksiyalarga aylantiriladi: banklarni sanatsiya qiliş tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda uçta asosiy usuldan foydalaniladi
bank
Foto: Wykop

Özbekistonda moliyaviy muammoga duç kelgan banklarni sanatsiya qiliş tartibi tasdiqlandi. Tegişli hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.

Yangi tartib omonatçilar manfaatlarini himoya qiliş, bank xizmatlarining uzluksiz işlaşini ta’minlaş va banklardagi moliyaviy muammolarni hal etişga qaratilgan.

Banklarni sanatsiya qiliş qanday amalga oşiriladi

Sanatsiya – moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan bank faoliyatini barqarorlaştiriş va uning muhim xizmatlarini saqlab qoliş uçun köriladigan maxsus çoralar majmuasi.

Hujjatga köra, banklarni sanatsiya qilişda uçta asosiy usuldan foydalaniladi:

  • Birinçisida bankning aktivlari va majburiyatlari, jumladan, kreditlari va omonatlari boşqa bankka ötkaziladi;
  • Ikkinçisida bank xizmatlarini davom ettiriş uçun ikki yilgaça faoliyat yuritadigan vaqtinçalik bank taşkil etiladi;
  • Uçinçisida esa bank zararlarini qoplaş maqsadida uning kapitali va ayrim majburiyatlari kamaytiriladi yoki aksiyalarga aylantiriladi.

Omonatçilar pullari nima böladi

Yangi tartibda omonatçilar manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilgan. Kafolatlangan omonatlar, jumladan, ularning kafolat miqdoridan oşgan qismi ham hisobdan çiqarilmaydi yoki bank aksiyalariga aylantirilmaydi.

Agar omonatlar boşqa bankka ötkazilsa, mijozlardan yangi bank hisobvaraği şartnomasini tuziş talab etilmaydi. Bunda bank xizmatlarining uzluksiz işlaşini ta’minlaş çoralari köriladi. Bank zararlarini qoplaşda esa birinçi navbatda aksiyadorlarning mablağlaridan foydalaniladi.

Bankni kim boşqaradi

Sanatsiya jarayonida bank faoliyatini boşqariş uçun maxsus boşqaruvçi tayinlanişi mumkin. Uning faoliyatini Markaziy bank nazorat qiladi.

Bankni sanatsiya qiliş töğrisidagi qaror Markaziy bank va tegişli bankning rasmiy saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq banklar noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni qaytarişi haqida xabar berilgandi. Özbekistonda tijorat banklari sud qarori çiqarilgan kreditlar böyiça qonunga zid ravişda hisoblangan foiz va jarimalarni bekor qilişi, undirilgan mablağlarni esa qarz oluvçilarga qaytarişi kerak.

Shuningdek