Buxoroda hamkasbiga şilqimlik qilgan jarroh qamaldi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida ayol hamkasbiga şilqimlik qilib, keyinçalik unga şahvoniy mazmundagi SMS xabarlar yuborgan jarroh 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Voqea 6-noyabr kuni Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda yuz bergan. Sudda ayol şifokorni keçirmasligini bildirgan. Kursiv Uzbekistan sud hujjatlari bilan tanişdi.
Sud hujjatlariga köra, 2026-yil 6-noyabr kuni jarroh B.B. hamkasblari bilan kasb bayramini nişonlaş uçun taşkil etilgan tadbirda qatnaşgan. Tadbir davomida u spirtli içimlik iste’mol qilgan va ayol hamkasbiga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar sodir etgan.
Ayol şifokorga özini tiyib olişi kerakligini aytgan. Biroq bundan keyin ham vaziyat davom etgan: erkak hamkasbining telefon raqamiga jinsiy aloqa qilişni taklif etuvçi mazmundagi SMS xabarlar yuborgan.
Sudda aybiga iqror bölgan
Iş sudda körib çiqilganida B.B. öz aybiga iqror bölgan va ayol hamkasbidan keçirim söragan. Biroq jabrlanuvçi ayol uni keçirmasligini bildirgan. U suddan şifokorga nisbatan oğirroq jazo tayinlaşni söragan.
Qilmiş mayda bezorilik emas, şahvoniy şilqimlik deb baholandi
Dastlab erkakning harakatlari mayda bezorilik sifatida baholangan. Biroq işni körib çiqqan sud voqea tafsilotlarini örganib, uning xatti-harakatlari muayyan şaxsga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilişga qaratilgan, degan xulosaga kelgan.
Şu sababli qilmişning huquqiy malakasi özgartirilib, Jinoyat işlari böyiça Jondor tumani sudi B.B.ni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi – şahvoniy şilqimlik qiliş böyiça aybdor deb topgan.
Sud qarori bilan şifokorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mazkur holat iş joyidagi hamkasblarga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlar va şahvoniy mazmundagi xabarlar ham qonuniy javobgarlikka sabab bölişini körsatadi.
Avvalroq Toşkentda ikki voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani haqidagi murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligining şahar boşqarmasi tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgandi.